Piers Sellers
Piers Sellers | |
---|---|
Tavalludi |
Piers John Sellers 11-aprel 1955-yil Crowborough, East Sussex, Angilya |
Vafoti |
23-dekabr 2016-yil (61 yoshda) Houston, Texas, AQSH |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik va AQSh[1] |
Kasbi | Tadqiqotchi olim |
Millati | Britaniya, Amerika |
Kosmik karyera | |
Kosmosdagi vaqt |
35 kun 9 saoat 2 daqiqa |
Tanlash | 1996-yil NASA guruhi |
Jami EVAs |
6 |
Jami EVA vaqti |
41 soat, 10 daqiqa |
Missiyalar | STS-112, STS-121, STS-132 |
Missiya belgisi |
Piers Sellers (talaffuzi: Pier Sales 1955-yil 11-aprel – 2016-yil 23-dekabr) meteorolog, NASA astronavti[2] va NASA/GSFCda Yer fanlari boʻlimi direktori. U uchta Space Shuttle missiyasining faxriysi hisoblanadi. Piers 1973-yilgacha, Buyuk Britaniyadagi Cranbrook maktabida oʻqigan. 1976-yilda Edinburg universitetida ekologiya fanlari boʻyicha bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan. Piers 1981-yilda Leeds universitetida biometeorologiya boʻyicha doktorlik darajasini oldi. 2011-yilda Piers NASA astronavtlar korpusidan nafaqaga chiqdi[3].
Astronavtlar korpusiga qoʻshilishdan oldin Piers NASA Goddard kosmik parvozlar markazida Yer biosferasi va atmosferasining oʻzaro taʼsirini oʻrganish boʻyicha ishlagan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sellers Sussexning Crowborough shahrida tugʻilgan. Uning taʼlimi Sharqiy Sussexdagi Seaford shahridagi Tyttenhanger Lodge tayyorgarlik maktabida boshlangan. Maktabni 1973-yilda tugatgan va qirollik havo kuchlari kursanti sifatida planerlar va motorli samolyotlarni boshqarish uchun oʻqitilgan[2][4][5]. U Edinburg universitetida ekologiya fanlari boʻyicha bakalavr darajasini va Leeds universitetida biometeorologiya boʻyicha doktorlik darajasini oldi[6]. Sellers Hebden Bridge, Yorkshire shahridagi hamshira Amanda Lomasga uylangan.
2016-yil yanvar oyida unga oshqozon osti bezi saratonining 4-bosqichi tashxisi qoʻyilganligini maʼlum qilindi[7]. Sellers 2016-yil 23-dekabrda 61 yoshida vafot etdi[8].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sellers va uning rafiqasi 1982-yilda Buyuk Britaniyani tark etib, Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtdi. U oʻzining NASAdagi faoliyatini Merilend shtati Greenbelt shahridagi Goddard kosmik parvozlar markazida tadqiqotchi meteorolog sifatida boshladi[2][4]. Sellersning meteorologiya sohasidagi ishi, birinchi navbatda, iqlim tizimlarini modellashtirishga qaratilgan edi[9]. Sellers 1984-yildan har yili astronavt boʻlish uchun ariza berishni boshladi, ammo unda AQSh fuqaroligi yoʻqligi, bunga toʻsqinlik qildi. 1991-yilda u Amerika Qoʻshma Shtatlarining fuqaroligini oldi.
NASA faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sellers 1996-yil aprel oyida NASA tomonidan astronavt nomzodi sifatida tanlandi. U 1996-yil avgust oyida NASA Jonson kosmik markaziga kelib qoʻshildi[2]. U ikki yillik oʻqitish va baholashni tugatdi va dastlab Astronavtlar ofisining kompyuterni qoʻllab-quvvatlash boʻlimida texnik vazifalarni bajarish uchun tayinladi. Sellers kosmosda 559 soatdan ortiq vaqt boʻlib, shu jumladan 6 ta kosmik yurishda deyarli 41 EVA soatni oʻtkazdi. U 2011-yilda astronavt sifatida nafaqaga chiqdi[10].
STS-132 Space Shuttle Atlantis (2010-yil 14-26 may) Xalqaro kosmik stansiyani yigʻish missiyasi edi. Asosiy yuk rossiya mini-tadqiqot moduli va integratsiyalangan yuk tashuvchisi-vertikal yorugʻlik (ICC-VLD) boʻlgan. Bu Atlantisning oxirgi rejalashtirilgan missiyasi edi.
Faxr va mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1994-yil NASAning ajoyib ilmiy yutuqlar medali[11]
- 1995-yil Artur Fleming mukofoti[11]
- 1996-yil Amerika Geofizika Ittifoqi aʼzosi[11]
- 1997-yil Amerika meteorologiya jamiyati Houghton mukofoti va Amerika meteorologiya jamiyati aʼzosi[11]
Sellers 2011-yilda fanga xizmatlari uchun Britaniya Imperiyasi ordeni (OBE) ofitseri etib tayinlangan[12]. U 2016-yil iyun oyida NASAning „Hizmat koʻrsatgan“ medali bilan taqdirlangan[13].
2017-yil aprel oyida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining isteʼfodagi admirali va Koinot fondi direktorlar kengashi raisi James Ellis Sellersni oʻlimidan soʻng General Jeyms E. Xillning umr boʻyi kosmik muvaffaqiyat mukofoti bilan taqdirladi[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ — С. 28.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Piers J. Sellers Biography“. NASA (2011-yil iyun). Qaraldi: 2021-yil 24-may.
- ↑ „Astronaut revisits experience of space“. University of Edinburgh (2012-yil 20-noyabr). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
- ↑ 4,0 4,1 Ernie J. Shannon. „Piers Sellers Picked for Astronaut Corps“. Goddard News (1996-yil iyun). 2013-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-noyabr.
- ↑ „2006 Preflight Interview: Piers Sellers“. NASA (2006-yil 23-fevral). 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
- ↑ Jacqui Goddard. „Lifelong dream come true for British astronaut“. The Times (2006-yil 30-iyun). Qaraldi: 2010-yil 31-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Piers J. Sellers. „Cancer and Climate Change“. The New York Times (2016-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 17-yanvar.
- ↑ NASA. „NASA Administrator Remembers NASA Scientist, Astronaut Piers Sellers“ (2016-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 23-dekabr.
- ↑ „NASA astronaut's early career in WCRP“. World Climate News (2007-yil yanvar). 2012-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-noyabr.
- ↑ „Astronaut revisits experience of space“. The University of Edinburgh (2012-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 25-dekabr.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 „Astronaut bio: P. Sellers“. NASA (2015-yil 11-fevral). Qaraldi: 2016-yil 25-dekabr.
- ↑ Jonathan Amos and Paul Rincon. „New Year Honours: Astronaut Piers Sellers becomes OBE“. BBC (2010-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 31-dekabr.
- ↑ „Reaching the Summit at NASA: Piers Sellers Receives Distinguished Service Medal“. NASA (2016-yil 29-iyun). 2022-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
- ↑ Werners. „Award honors former astronaut Piers Sellers for climate change work“ (2017-yil 6-aprel).
Vikiomborda Piers Sellers haqida turkum mavjud |