Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Pivo tuppasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pivo tuppasi ― pivo ishlab chiqarishning chiqindi mahsulotidir — arpa suti qaynatilgandan va soʻrilganidan keyin qolgan atalasi. Don oʻzagi va don qobigʻining boʻlaklarini oʻz ichiga oladi. Yangi va quritilgan holda hayvonlarga yem sifatida, biogaz ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. 100 kilogramm yangi tuppada — 21,2 yem birligi va 4,2 kg hazm boʻladigan protein; 100 kg qurugʻida- 75,7 yem birligi va 16,9 kg hazm boʻladigan protein bor. Ilgari boshqa yemlar bilan aralashtirilgan yangi tuppa bilan sigir, hoʻkiz, choʻchqalarni boqishgan; qurugi esa aralash ozuqa tarkibiga kiritilgan. Endilikda, koʻpincha, tuppani chorvaga bermasdan, biogazga qayta ishlanmoqda. Yemga ishlatganda tez sotilmasligi sababli, donning omborda bosilib ketishi tez-tez sodir boʻladi, ayniqsa, moʻl hosil boʻlganda. Biogazga ishlatilganda esa pivo zavodining oʻzi isteʼmolchi hisoblanadi.

Shuningdek, oxirgi vaqtda chet elda kepakli non ishlab chiqarishda pivo tuppasi qoʻshilmoqda[1].

Donlar chiqindixonaga koʻmilsa, ular 50-yilda parchalanadi[2].

  1. „Spent Grain Bread Recipe“. 2009-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-may.
  2. агросервер. „Российский агропромышленный сервер“. Агросервер.
  • Drobina pivnaya granulirovannaya -