Planck davri
Plank davri — kosmologik nazariyaga binoan, olam evolyutsiyasining portlashdan keyingi eng birinchi davri hisoblanadi. Ushbu davr noldan (yaʼni portlash roʻy bergan vaqtdan) s gacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi. Ushbu davrda, taxminan 13,8 mlrd yil oldin materiya Plank energiyasi ( GeV), Plank radiusi (m) , Plank temperaturasi (10 K) hamda Plank zichligi (g/sm) ga ega boʻlgan.
Olamning oʻlchami juda kichik boʻlganligi tufayli, gravitatsiya kuchlari qolgan fundamental taʼsir kuchlari bilan birlasha olgan. Natijada gravitatsiyaning kvant effektlari qolgan fizik taʼsirlashuv kuchlaridan ustunlik qilgan. Biroq temperatura va zichlikning haddan tashqari katta qiymatga ega ekanligi tufayli, simmetriya buzilgan, natijada gravitatsion taʼsir qolgan fundamental taʼsir kuchlaridan ajralib qolgan.
Zamonaviy kosmologiya nazariyasi boʻyicha Plank davridan soʻng, olam rivojlanishining ikkinchi fazasi — Buyuk Birlashish Davri boshlangan. Undan soʻng esa Kosmik inflatsiya davri boshlangan. Ushbu davrda qisqa vaqt ichida olamning oʻlchamlari juda tez oʻzgargan, yaʼni kengaygan.
Shuningdek oʻqing
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Morison Ian, A Journey Through the Universe: Gresham Lectures on Astronomy isbn=978-1-107-07346-3 Cambridge, UK, Cambridge University Press
- Mukhanov Viatcheslav, Physical Foundations of Cosmology, Cambridge, UK, Cambridge University Press isbn=978-0-511-79055-3
- Petter Patrick, Basic Knowledge of Astrophysic: A New Way, Berlin, epubli GmbH isbn=978-3-8442-7203-1 oclc=863893991
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |