Poliefirlar
Poliefirlar — geterozanjirli yukrri molekulyar birikmalar. Oddiy va murakkab P.ga boʻlinadi. Oddiy P. — asosiy zanjirida oddiy efir boglarini tutgan makromolekulalar. Turli kislotali agentlar, spirtlar, al-degidlar, izotsianatlar va boshqa bilan reak-siyaga kirishadi. Yuqori temperaturada destruk-siyalanadi. Oddiy P. alkilenlarning beqaror oksidlarini yoki aldegidlarni polimerlab, kup atomli spirtlarni suvsizlantirib, aldegidlar bilan 2 atomli spirtlarni reaksiyaga kiritib va boshqa usullar yordamida hosil qilinadi. Oddiy P.ga mansub polioksimetilen, penton, epoksid smolalar muhim ahamiyatga ega. Ular konstruksion materiallar, napda hosil qiluvchi moddalar, emulgatorlar, dielektriklar va boshqalar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Murakkab P.—umumiy formulasi [—ORO OR’CO—]pboʻlgan polimerlar, bu yerda R va R’ — 2 valentli radikallar. Nuklein kislotalar, dammar, shellak, akaroid, kahrabo kabi tabiiy birikmalar ham murakkab P.dir. Murakkab P. murakkab efir bogʻlarini hosil qilishga moyil birikmalarni polikondensatlash, siklik efirlarni gidrolitik polimerlash va toʻyinmagan efirlarni radikal mexanizm boʻyicha polimerlash usullari bilan olinadi. Eng muhim sintetik murakkab P.ga alkid smolalar, polieti-lentereftalat, poliakrilatlar, poli-karbonatlar, toʻyinmagan P. vab. kiradi. P. sanoatning turli sohalarida keng qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |