Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Portal:Din

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Din portali

Din (arabcha: دين — „eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir; shuningdek, shaxsiy e’tiqod hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham mumkin. „Din“ atamasi ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi. Barcha patriarxal dinlar bir gʻoyani ilgari surishadi: olam va odamlarni ikkiga, biri muqaddas, boshqasi kufr boʻlgan qismlarga boʻlish. Din odatda hech kim tomonidan kuzatilmaydigan va aniqlanmaydigan, gʻayritabiiy, muqaddas, eng yuqori shaxs yoki mavjudotga fokuslangan oʻzak eʼtiqod ustiga qurilgan ijtimoiy tizim, deb ham taʼriflanadi. (Davomi...)

Maqola

Xudo (forscha: خدا) — diniy sigʻinish va eʼtiqod qilishning obyekti sifatida namoyon boʻladigan ilohiy kuch; azaliylik va abadiylik, yaratuvchilik timsoli. Har bir dinda xudo butun olamni yaratuvchi sifatida eʼtirof etiladi. Xudo turli taʼlimotlarda turlicha talqin qilinadi. Aslini olganda xudo nazariyasi aniq ilmiy asoslanmagan nazariyadir. Qadimgi diniy eʼtiqodlarda xudolarga sigʻinish boʻlmay, jonsiz narsalarga, jon va ruhga, hayvon va oʻsimliklarga topinilgan (qarang: animizm, fetishizm, totemizm). Sharqda keng tarqalgan panteistik qarashlarda (qarang: panteizm) xudo tabiatning oʻzida, xudo va tabiat bir butunlikni tashkil etadi deb qaralgan. Zardushtiylikda ikki xudo — yorugʻlik, yaxshilik xudosi Ahuramazda va qorongʻulik, yomonlik xudosi Anxramaynu (Axriman) bir-biriga qaramaqarshi qoʻyilgan. Qadimgi Sharq dinlarida va boshqa politeistik (qarang: politeizm) dinlarda juda koʻp xudolarga eʼtiqod kilinib, ulardan biri bosh xudo, qolganlari ikkinchi darajali xudolar hisoblangan. Bunga yunon mifologiyasidagi xudolar iyerarxiyasi misol boʻla oladi. Monoteistik dinlarda (qarang: monoteizm) bitta xudoga sigʻinilgan. Buddizmda dastlab xudolarga sigʻinish inkor etilgan boʻlsada, keyinchalik Buddanint oʻzi xudo deb tanilgan, bu dinda u bilan birga boshqa xudolar ham bor. (Davomi...)

Turkumlar

Tanlangan tasvir

(rassom — Mårten Eskil Winge)

Loyihalar

Qardosh loyihalar

Boshqa portallar

Portallar yordamida Vikipediyani kashf eting.

Keshni tozalash