Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Qayindoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qayindoshlar — qayinnamolar qabilasiga mansub oila. Yer yuzida 6 turkumga mansub 150 ga yaqin turi bor. Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Oila vakillari, asosan, daraxtlardan iborat. Tanasi oq yoki sargʻish, katta yoshdagilarida qora dogʻlar paydo boʻladi. Bir uyli oʻsimlik. Gullari kuchalalarda oʻrnashgan. Barglari yirik, oddiy, ketmaket oʻrnashgan. Mevasi bir urugʻli, yassi.

Oʻrta Osiyoda 2 turi oʻsadi (qarang Qayin). Aprel—may oylarida gullab, mevasi avgust—oktabrda yetiladi. Q.dan manzarali oʻsimlik sifatida foydalaniladi.