Qoraqurum (shahar)
Qoraqurum (moʻgʻulcha Xara-Xorin) — Moʻgʻullar davlati poytaxti. Q. xarobalari Xangay togʻi sharqiy etaklarida, Urxun daryosi yuqori oqimi boʻyida joylashgan. Q. haqidagi maʼlumotlar xitoy solnomalari va 13-asr Yevropa sayyohlari Plano Karpini, Marko Polo (1253), V.Rubruk, shuningdek, Juvayniy, Abulgʻoziy asarlarida qayd etilgan. Juvayniyning yozishicha, dastlab Urxun daryosi boshlanadigan togʻlar shunday atalgan. Q.ning uz. 1/2 farsaxni tashkil etgan. Shahar qisqa muddat ravnaq topgan davrda koʻp qurilish ishlari olib borilgan. Xitoy va musulmon ustalari tomonidan koʻplab saroylar qurilgan. Q.dan 2 farsax sharqda Targʻubaliq (qimmatbaho mato shahri) qasri boʻlgan.
G.Rubrukning bergan maʼlumotiga koʻra, Q.da musulmonlar va xitoyliklar mahallasi boʻlgai; musulmonlar mahallasida bozor joylashgan, xitoyliklar maxdllasida hunarmandlar yashagan. Q.da katta saroylar, turli xalqlarga tegishli 12 ta sajdagoh, jumladan, musulmonlarning 2 masjidi qurilgan. Shahar paxsa devor bilan oʻrab olinib, 4 ta darvozasi boʻlgan.
Abulgʻoziy Bahodirxonning yozishicha, Oʻqtoyxon Xitoydan binokor usta va naqqoshlar keltirib koʻplab uy-joylar, saroylar, koʻshklar qurdirgan. Zargarlarga oltin va qumushdan fil va sher haykallar yasattirib atrofini hovuz qilgan. Fil bilan sherning ogʻzidan hovuzlarni ichiga sharob toʻkilib turgan va boshqa
Munkexon davrida, 1256-yil uz. 300 qadamdan iborat 5 qavatli katta stupa hamda unga tegishli qoʻshimcha binolar qurilgan. Ushbu binolar ichidagi katta xonalar Budda haykallari bilan bezatilgan, binolar 1311-yil taʼmirlangan. 1342-yil Q.da qayta qurilish ishlari boshlangan, u 4 yil davom etgan. Ishlar yakunlangach, moʻgʻul va xitoy yozuvi bitilgan stela (ustun) oʻrnatilib, unda moʻgʻullar poytaxtining qisqacha tarixi bayon etilgan. Xubilayxon davrida poytaxt Xitoy hududiga koʻchirilishi bilan Q.ning mavqei nihoyatda tushib ketgan. Yuan sulolasi hukmronligi davrida Q. noib qarorgohiga aylangan, bu noib odagda valiahd shahzodalardan tayinlangan. Xitoydagi Min sulolasi imperatorlari bilan moʻgʻul xonlari oʻrtasidagi urushlar natijasida Yuan sulolasi barham topgach, Q. Xitoy qoʻshinlari tomonidan 1380-yil vayron qilingan. Oradan 200 yil oʻtgach, q. xarobalari yonida mashhur Erdeni-dzu budda monastiri qurilgan. Omoch tishlari va tegirmontoshlar, choʻyan qozonlar va arava gʻildiraklari oʻqi, mahalliy va xorijiy buyumlar, tangalar va boshqa topilgan. Q.dan sharqda kanal suvlari bilan sugʻorilgan ekinzorlar mavjud boʻlgan. Shaharga asos solingandan buyon ishlab chiqarish sanoati, jumladan, choʻyan quyish, asosan, asir olingan xorijiy hunarmandlar tomonidan amalga oshirilgan.1899-yil rus olimi N.M.Yad-rinsev tomonidan olib borilgan tadq-iqot ishlari natijasida Q.ning oʻrnashgan yeri aniqlangan. AM.Pozdneyev esa tarixiy manbalar tahlili asosida Q. Erdenudzu budda monastiri (1585-yil Q.ning bir chekkasida qurilgan) yonida boʻlganini tasdiqladi. Shahar 1220-yil Chingizxon tomonidan bunyod etilgan, 16-asrda vayron etilgan. 1948 — 49 yillarda S.V.Kiselyov rahbarligi os-tida arxeologik qazish ishlari olib borilgan. Shaharning jan.garbiy qismidan Oʻqtoy qoonning saroyi (55x45 m) xarobalari topilgan. saroy ostidan rangli devoriy rasmlari boʻlgan butparastlar’ sajdagohi qoldiqlari (12-asr oxiri — 13-asr boshi) topilgan. Q.ning markaziy koʻchalarida savdo-hunarmandchilik mahallalari. xumdonlar va temirchilik ustaxonalari qoldiqlari tadqiq etilgan. Faxriddin Hasanov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |