Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Radiotelefon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radiotelefon – abonentlar (soʻzlashuvchilar)ni kabelsiz radio orqali ulaydigan telefon. Bir necha turi bor: 1) Shaxsiy radiotelefon – uzatish uzoqligi 150—200 m gacha („oʻyinchoq“) va 2 – 10 km gacha („uoki – toki“) boʻlgan oddiy koʻchma uzatuvchi qabul qiluvchi qurilma va 40—50 km oraliqda radiotelefon aloqa oʻrnatiladigan ancha kuchli (avtomobilga oʻrnatiladigan va muqim); 2) „simsiz“ radiotelefon – asosiy telefon apparati radiokanal bilan bogʻlangan telefon apparat; bunda abonent asosiy telefon apparatidan bir necha yuz metr masofada boʻlishi mumkin; 3) „Radiouzaytirgichlar“ – biri abonentda, ikkinchisi avtomatik telefon stansiyada boʻlgan 2 ta qabul qiluvchi uzatuvchi qurilmadan iborat; bunda aloqa qilish uchun abonentga maʼlum radiochastota ajratiladi yoki abonent shaxsiy telefon apparatining qabul qiluvchi uzatuvchi uskunasi bilan ulangan boʻladi; 4) uyali telefon tarmoqlari; bunda abonent uzatuvchi qabul qiluvchi jamoa tarmogʻi qamrab olgan barcha hudud boʻyicha aloqa qila oladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil