Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Ravon (qishloq)

Koordinatalari: 39°56′0″N 71°09′0″E / 39.93333°N 71.15000°E / 39.93333; 71.15000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ravon
qishloq
39°56′0″N 71°09′0″E / 39.93333°N 71.15000°E / 39.93333; 71.15000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Soʻx tumani
Aholisi
5 900
Vaqt mintaqasi UTC+5
Ravon xaritada

Ravon — Fargʻona viloyati Soʻx tumanidagi qishloq, tumanning maʼmuriy markazi. Soʻx daryosining oʻng sohilida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Furqat (62 km). Viloyat markazi (Fargʻona)gacha — 116 km. Aholisi 5,9 ming kishi (2003). Soʻx daryosidan suv oladi. R.da tuman hokimiyati binosi, tuman tashkilotlari, umumiy taʼlim maktablari, litsey, dehqon bozori, madaniyat saroyi, markaziy stadion, markaziy kasalxona bor. Madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Soʻx tumani telestudiyasi, „Sadoi Soʻx“ gaz. taxririyati faoliyat kursatadi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil