Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Rom (ichimlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rom (ing. rum) — kuchli spirtli ichimlik, shakarqamish sharbatini yoki shakarkamishdan shakar i. ch. chiqindilarini bijgʻitib va uni haydash yoʻli bilan olinadigan spirtdan tayyorlanadi. Spirtga distillangan suv (quvvati 40— 45° va undan ortiq boʻlishi mumkin), 1 % qand qoʻshiladi va aralashmaga kuydirilgan qand qoʻshib, rang beriladi. Eman bochkalarda havo namligi 70—80% va harorati 18—23° boʻlgan joyda kamida 4 yil saqlanadi. R. barcha shakarqamish yetishtiriladigan mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Dastlab 17-asr da VestIndiyayaa tayyorlangan.

Jahonda Yamayka, Kuba, Gvadulepa, Martinika R.lari mashhur. Oʻzbekistonda 20-asrning 70-yillarida Surxondaryo viloyatining Denov shahrida joylashgan Denov rom (hozirgi vinoaraq) zdida "Surxon" R. ichimligi, Samarqand vino kombinatida "Sovet Romi" ishlab chikarilgan. Olimjon Alimov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil