Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Sait Faik Abasıyanık

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Said Faik Abasiyalik
Asl ismi Sait Faik Abasıyanık
Tavalludi 18-noyabr 1906-yil
Vafoti 11-may 1954-yil(1954-05-11)
(47 yoshda)
Ijod qilgan tillari Fransuz tili va Turk tili[1][2]
Fuqaroligi Turkiya[2]
Yoʻnalish qisqa hikoyalar

Sait Faik Abasıyanık — buyuk hikoyalar va sheʼrlar yozgan eng yirik turkiy yozuvchilardan biri boʻlgan va 1940-yillarning muhim adabiy namoyandasi deb hisoblangan[3]. U turk adabiyotida yangi uslubni yaratdi va oʻzining mehnatkashlar, baliqchilar, bolalar, ishsizlar va kambagʻallarning qattiq, ammo insonparvarlik bilan tasvirlangan qisqa hikoyalarini turk hayotiga olib keldi. Uning hikoyalari shahar hayotiga bagʻishlangan va u Istanbulning qorongʻu joylarida yashovchilarni tasvirlab bergan. U shuningdek, „… inson qalbining azoblari va sevgi va xiyonat azoblari …“ ni ham oʻrgangan[4].

Burgazadagi uning uyi, xozir Sait Faik Muzeyi
Adib va uning onasini qabri

1906-yil[5] 18-noyabrda Adapazarida tugʻilgan, u Istanbuldagi Litseyi, keyin Bursa shahrida tahsil olgan. U 1928-yilda Istanbul universitetining turkologiya boʻlimiga oʻqishga kirdi, ammo otasining bosimi ostida 1930-yilda iqtisodiyotni oʻrganish uchun Shveysariyaga borgan[6].

U maktabni tashlab 1931-yildan 1935-yilgacha Fransiyada yashagan (asosan Grenobl) — bu uning sanʼatiga va feʼl-atvoriga chuqur taʼsir koʻrsatgan. Turkiyaga qaytib kelgandan keyin u Halıcıogʻlu Armanlar yetimlari uchun armanlar maktabida turk tilidan dars berdi va otasining xohish-istaklariga amal qilishga va biznes bilan shugʻullanishga harakat qildi, ammo muvaffaqiyatsiz boʻldi. Ayni paytda u oʻz asarlarini milliy davriy nashrda Varlikada nashr eta boshladi.

U 1954-yil 11-may kuni Istanbul shahrida vafot etgan.

Sait asarlari
Yil Nomi Tarjima nomi Turi
1936 Semaver Samovar Qisqa hikoyalar[6]
1939 Sarnıç Sardoba Qisqa hikoyalar
1940 Şahmerdan Shohmerdan Qisqa hikoyalar
1944 Medarı Maişet Motoru Tirikchilik qayigʻi Roman
1948 Lüzumsuz Adam Foydasiz inson Qisqa hikoyalar[6]
1950 Mahalle Kahvesi Mahalla qahvasi Qisqa hikoyalar
1951 Havada Bulut Osmondagi bulut Qisqa hikoyalar
1951 Kumpanya Truppa Qisqa hikoyalar[6]
1952 Havuz Başı Hovuz boshi Qisqa hikoyalar
1952 Son Kuşlar Soʻnggi qushlar Qisqa hikoyalar
1953 Kayıp Aranıyor Yoʻqolgan Roman
1953 Şimdi Sevişme Vakti Hozir sevishish vaqti Sheʼrlar
1954 Alemdağ'da Var Bir Yılan Alemdağda bor ilon Qisqa hikoyalar[6]
1954 Az Şekerli Oz shakarli Qisqa hikoyalar
1955 Tüneldeki Çocuk Tunneldagi bola Qisqa hikoyalar
1956 Mahkeme Kapısı Mahkama eshigi Reportaj
  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 — Т. 1. — С. 1.
  3. Evin 1999, s. 357
  4. Evin 1984, s. 478
  5. Bassett 2008, s. 52
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Hoiberg 1993, s. 7