Sakuho (Nagano)
Sakuho 佐久穂町 | |
---|---|
Town | |
36°9′39.5″N 138°29′0.1″E / 36.160972°N 138.483361°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1955-yil 1-fevral |
Maydon | 188.15 km2 (72.65 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil aprel) |
11 076 |
Zichligi | 59 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
|
Sakuho (yaponcha: 佐久穂町 Sakuho-machi ) Yaponiya Nagano prefekturasida joylashgan shahar. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, 4330 xonadonda 11,076 kishi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi 59 kishiga 59 kishiga toʻgʻri kelgan. Shaharning umumiy maydoni 188,15 kvadrat kilometrga (72.65 mi²) ni tashkil etadi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharqiy Nagano prefekturasida joylashgan Sakuho shahri gʻarbdan sharqqa tomon choʻzilgan. U Saku havzasida, Arafune va Tateshina togʻlari oraligʻida joylashgan. Shinano daryosi shahar hududidan oqib oʻtadi va shaharning togʻli qismlari Yatsugatake-Chushin Kogen kvazi-milliy bogʻi va Myogi-Arafune-Saku Kogen kvazi-milliy bogʻi hududida oʻrnashgan.
- Togʻlar: Morai togʻi
- Daryolari: Chikuma daryosi, Ōishi daryosi, Nukui daryosi
- Koʻllar: Futago hovuzi, Shirakoma hovuzi
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Sakuhoda oʻrtacha yillik harorat 10,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1661 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,4 °C, eng past harorati esa yanvarda, −0,2 °C.atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Sakuho aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida asta-sekin kamayib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 17,267 | — |
1970 | 14,969 | −13.3% |
1980 | 14,228 | −5.0% |
1990 | 13,842 | −2.7% |
2000 | 13,622 | −1.6% |
2010 | 12,07 | −11.4% |
2020 | 10,218 | −15.3% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Sakuho hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Kaisei va Sakai qishloqlari 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilish vaqtida tashkil etilgan. 1955-yil 1-fevralda Sakuho shahrini tashkil qilish uchun mazkur ikki qishloq birlashtirildi. Sakuho 2005-yil 20-martda Saku va Yachiho qishlogʻi hududini ham oʻziga qoʻshib oldi.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sakuhoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yuqori maktab mavjud emas.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Koumi liniyasi
- Haguroshita — Aonuma — Usuda — Tatsuokajō
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy yoʻnalish 141
- Milliy yoʻnalish 299
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Togyū Okumura memorial muzeyi
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Official Website (yaponcha)