Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Sankt-Peterburg davlat universitetining sharqshunoslik fakulteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sankt-Peterburg davlat universitetining sharqshunoslik fakulteti
Shiori lotincha: Ex Oriente Lux (Свет с Востока, Sharqdan nur)
Turi fakultet
Asos solingan sanasi 1855
Joylashuvi
Sankt-Peterburg
,
Rossiya
Veb-sayti orient.spbu.ru

Sankt-Peterburg davlat universitetining sharqshunoslik fakulteti (ruscha: Восточный факультет Санкт-Петербургского государственного университета) — Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan Sankt-Peterburg davlat universiteti fakultetlaridan biri. Rossiyadagi eng eski sharqshunoslik fakultetlaridan biri. 1885-yilda asos solingan. Hozirda fakultet dekani — Mixail Borisovich Piotrovskiy.

Sankt-Peterburg davlat universitetining sharqshunoslik fakulteti 1884-yilning 22-oktabr kuni Rossiya imperiyasi imperatori — Nikolay I farmoniga binoan Sankt-Peterburg universiteti qoshida tashkil etilgan. Oʻshanda ushbu fakultet — «Sharq tillari fakulteti» deb atalgan. Fakultetning tantanali ochilishi 1885-yilning 27-avgust (baʼzi manbalarda 8-sentabr) kuni boʻlib oʻtgan. Aynan 1885-yilni ushbu fakultetning tugʻilgan yili deb hisoblash mumkin.

1919-yilda ushbu fakultet kutilmaganda tarqatildi. Buning natijasida sharqshunoslik fanlari universitetning turli tarixiy-filologik boʻlimlarida oʻrganila boshlandi. 1944-yilda ushbu fakultet «Sharqshunoslik fakulteti» nomi bilan qayta tiklandi. Sankt-Peterburg davlat universitetining sharqshunoslik fakulteti nafaqat Rossiyaning, balki butun sobiq SSSR mamlakatlaridagi eng obroʻli va yirik sharqshunoslik donishgohlaridan biri.

Sharqshunoslik fakultetida hozirda 16 ta kafedra mavjud[1]:

  • Afrikanistika
  • Afrika va Osiyo tillari va madaniyati haqida taʼlim teoriyasi va metodikasi
  • Afrika va Osiyo mamlakatlari jamiyati rivojlanishining teoriyasi
  • Arab filologiyasi
  • Eron filologiyasi
  • Hind filologiyasi
  • Janubi-Sharqiy Osiyo va Koreya filologiyasi
  • Markaziy Osiyo va Kavkaz kafedrasi
  • Moʻgʻulshunoslik va tibetshunoslik
  • Qadimgi Sharq kafedrasi
  • Semitologiya va gebraistika
  • Turkiy filologiya
  • Uzoq Sharq mamlakatlari tarixi
  • Xitoy filologiyasi
  • Yaponshunoslik
  • Yaqin Sharq mamlakatlari tarixi

Fakultetda tadqiq qilinadigan tillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultetda 100 ga yaqin Afrika va Osiyo xalqlari tillari oʻrganiladi va tadqiq qilinadi. Ushbu tillar ichida oʻzbek tili, tojik tili, turkman tili, qozoq tili, qirgʻiz tili, ozarbayjon tili ham mavjud. Universitetda oʻrganiladigan va tadqiq qilinadigan yana baʼzi tillar: arab tili, fors tili, turk tili, arman tili, gurjin tili, yapon tili, xitoy tili, koreys tili, dariy tili, ivrit, afrikaans, suaxili va boshqalar.

  1. Fakultet kafedralari, 2015-06-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-05-09