Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Saudi Aramco

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saudi Arabian Oil Group
Turi Ochiq Aksiyadorlik Jamiyati. Davlat Egalik Qiladigan Shirkat.
Tarmogʻi Neft and gaz
Qachon asos solingan 29 may 1933 (91 yil avval) (29 may 1933)
Hududiy xizmati Global
Rahbariyat
Mahsulot(lar)i
Aylanma daromadi AQSH$535.188 milliard (2022)[1]
Operatsion foydasi AQSH$305.087 milliard (2022)[1]
Boyligi AQSH$664.780 milliard (2022)[1]
Sof foydasi 604 005 000 000[2]
Ishchilar soni 66,800[3]
Shoʻba korxonalari SABIC (Saudiya) (70%), Petro Rabigh, SATORP, Aramco Trading, Yanbu, Yasref, SASREF, S-Oil, Luberef, Aro Drilling, South Rub al-Khali, Pengerang Refining Company, The International Maritime Industries
Vebsayti aramco.com

Saudi Aramco (Arabcha: أرامكو السعودية ʾArāmkū as-Suʿūdiyyah), rasman Saudi Arabian Oil Group yoki qisqacha Aramco, asosiy ulushi Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan egalik qilinadigan saudiya neft va tabiiy gaz shirkati[4][5][6]. 2022-yil holatiga koʻra, shirkat daromadi boʻyicha dunyodagi eng katta ikkinchi kompaniyadir[7]. Saudi Aramconing bosh qarorgohi Dhahran shahrida joylashgan. Shirkat global korporatsiyalar tarixida bir necha bor eng katta yillik daromadga ega kompaniyaga aylangan. Saudi Aramco butun dunyodagi aniqlangan eng katta ikkinchi xom neft zaxiralariga ega va bu 270 milliard barreldan ortiq(43 milliard kub metr)ni tashkil etadi[8]. Shu bilan birga shirkat butun dunyodagi barcha neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ichida eng katta kunlik neft qazib olish hajmiga ega[9][10][11]. Shirkatga 1933-yilda Kaliforniyada asos solingan va 1952-yilda shtab-kvartirasini Saudiya Arabistoniga koʻchirgan[12].

Saudi Aramco dunyodagi eng yirik yagona uglevodorod tarmogʻi – Master Gas Systemni ham boshqaradi. Saudi Aramco 2013-yilda xom neft ishlab chiqarish hajmi 3,4 milliard barrelni (540 million kub metr) tashkil etgan va shirkat Saudiya Arabistonidagi yuzdan ortiq neft va gaz konlarini nazorat qiladi. Shu jumladan ushbu konlarda jami 288,4 trillion standart kub fut tabiiy gaz zaxiralarini mavjud. Sharqiy provinsiya hududlarida Saudi Aramco eng koʻzga koʻringan quruqlikdagi va offshordagi eng katta konlar Ghavar va Safaniyada neft ishlab chiqaradi[13].

2019-yil 11-dekabr kuni Tadawul fond birjasida shirkat aksiyalari savdosi boshlandi. Bitta aksiyaning qiymati 35,2 saudiya riyoligacha koʻtarilib, shirkatning bozor kapitalizatsiyasi 1,88 trillion AQSH dollarini tashkil etdi[14]. Savdolar davom etgan ikkinchi kunda Saudi Aramconing bozor qiymati 2 trillionlik marrani zabt etdi[15]. Butun Tadawulning bozor kapitallashuvi 2,22 trillion AQSh dollariga teng boʻlgan. 2023 yilgi Forbes Global 2000 roʻyxatida Saudi Aramco dunyodagi ikkinchi eng yirik aksiyadorlik jamiyati sifatida qayd etilgan[16].

Saudi Aramconing kelib chiqish tarixi Birinchi jahon urushidagi neft taqchilligi hamda 1920-yildagi Birlashgan Qirollik va Fransiya oʻrtasidagi San Remo Petroleum Agreement bitimiga binoan Amerika Qoʻshma Shtatlari kompaniyalarining Mesopotamiyadan chiqarib yuborilishiga borib taqaladi[17]. AQSh mamuriyati 1921-yilda savdo kotibi Gerbert Guver boshlagan „Ochiq eshiklar siyosati“ni qoʻllab quvvatlardi. Standard Oil of California (SoCal) xorijdan yangi neft manbalarini qidirayotgan oʻsha AQSH shirkatlari qatorida edi[18].

SoCal 1932-yil 30-mayda oʻzining shoʻba kompaniyasi Bahrain Petroleum Co. (BAPCO) orqali Bahraynda neft qazib olishni boshladi. Bu voqea Arabiston yarimorolidagi istiqolli neft havzalariga qiziqishni oshirdi. 1933-yil 29-mayda Saudiya Arabistoni hukumati Iraq Petroleum Co.dan raqobatda oʻtib ketish uchun SoCal shirkatiga imtiyoz berdi[19]. Ushbu konsessiya SoCalga Saudiya Arabistonida neft qidiruv operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat berdi. SoCal ushbu imtiyozni oʻzi toʻliq egalik qiluvchi California-Arabian Standard Oil (CASOC) shoʻba korxonasiga topshirdi. 1936-yilda kompaniya neftni topishda muvaffaqiyatsizlikka uchragani sababli, Texas Company (Texaco) shirkati imtiyozning 50% ulushini sotib oldi[20]. Toʻrt yillik samarasiz izlanishlardan soʻng, birinchi muvaffaqiyatli neft qudugʻi 1938-yilda Dhahrandagi Dammam № 7 nomli burgʻulash maydonida topildi[21]. Bu quduqdan zudlik bilan kuniga 1500 barreldan ortiq (240 m3/kun) chiqa boshladi va bu shirkatga burgʻulash ishlarini davom ettirish uchun ishonch bagʻishladi. 1944-yil 31-yanvarda shirkat nomi California-Arabian Standard Oil Co.dan Arabian American Oil Co. (yoki Aramco)ga oʻzgartirildi[22]. 1948-yilda, Standard Oil of New Jersey (keyinchalik Exxon) shirkatning 30% and Socony Vacuum (keyinchalik Mobil) esa shirkatning 10% ulushini sotib oldi. SoCal va Texaco esa teng miqdorda 30%dan ulushlarini saqlab qolishdi[23]. Ushbu yangi kelgan kompaniyalar Iraq Petroleum Co.ning ham aksiyadorlari edilar va bu kelishuvga erkin kirishlari uchun Red Line Agreementdagi chekloʻvlarni olib tashlashlari kerak edi[24].

1949-yilda ARAMCO Abu-Dabi amirligiga bostirib kirdi va bu Abu Dabi va Saudiya Arabistoni oʻrtasida chegara mojarosiga sabab boʻldi[25]. 1950 yilda qirol Abdulaziz oʻz mamlakatining neft obyektlarini milliylashtirish bilan Aramcoga tahdid qilish orqali Aramkoni foydasini teng ikkiga boʻlishga boʻsim qildi[26].

Shunga oʻxshash hodisa bir necha yil oldin Venesueladagi Amerika neft kompaniyalari bilan ham sodir boʻlgan edi. Amerika hukumati AQSHning Aramco shirkatidagi aʼzo kompaniyalarga qirol Abdulazizga berilgan foydaga teng miqdordagi soliq imtiyozlarini berdi. Yangi tartibdan koʻp oʻtmay shirkatning bosh qarorgohi Nyu Yorkdan Dhahranga koʻchirildi[27]. 1951-yilda shirkat dunyodagi eng yirik offshor kon boʻlgan Safaniya neft konini topdi. Aramco 1957-yilda bir-biriga bogʻlangan kichik neft havzalarini topdi va bu quruqlikdagi eng katta neft konidir[13].

1975-yilda Saudiya Arabistonining ikkinchi besh yillik iqtisodiy rejasiga Master Gas Plan loyihasi ham kirardi. Tabiiy gaz gazni yoqish oʻrniga uni elektr energiyaga aylantirish uchun ishlatilina boshlandi. Reja associated gazdan foydalanishni nazarda tutgan edi, ammo 1985 yilga kelib, Aramco kuniga bir milliard standart kub fut non-associated gazni kiritishga muvaffaq boʻldi. Ushbu non-associated gaz neft qazib oluvchi Arab Zonasidan 650 metr (2130 fut) pastda joylashgan ohaktosh qatlami boʻlgan Kuff qatlamidan qazib olingan. 1994-yilda Aramco shirkati Jawf qumtoshi qatlamining chuqurrogʻida gazni topdi va uni qayta ishlash uchun Hawiyah va Haradhda zavodlar qurdi. Bu Master Gas Systemning quvvatini kuniga 9,4 milliard standart kub futga oshirdi[28].

Olti kunlik urush

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1973-yilda AQSh Olti kunlik urush paytida Isroilni qoʻllab-quvvatlagani sababli, Saudiya Arabistoni hukumati Aramco aktivlarining 25% „ishtirok ulushini“ oʻzlashtirib oldi. Saudiya hukumati 1974-yilda ishtirok ulushini 60%ga oshirdi va 1976-yilga kelib qolgan 40% ulushga ham ega chiqdi. Aramco 1988-yilgacha Saudiya Arabistoni hukumati nomidan Saudiya Arabistoni neft konlaridagi oʻzining imtiyozli ulushini oʻz ichiga olgan sobiq Aramco aktivlarini boshqarishda davom etdi. 1988-yilning noyabr oyida qirollik farmoni bilan sobiq Aramco (yoki Saudi Aramco) aktivlarini nazorat qilish uchun Saudiya Arabistoni hukumati yangi neft shirkati – Saudi Arabian Oil Company tashkil etdi[29] va Aramco va uning sheriklaridan neft va gaz konlari tortib olib, Saudiya Arabistoni neftini boshqarish va operatsion nazoratini ushbu shirkatga topshirdi. 1989–90-yillarda Ar-Riyoddan janubdagi uchta hududda yuqori sifatli neft va gaz konlari topildi: poytaxtdan 124 km janubi-sharqda joylashgan Ragʻib hududida[30].

Koʻrfaz Urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yilning sentyabr oyida Fors koʻrfazi urushi boshlanganidan soʻng, Aramco Iroqqa kiritilgan savdo embargosi va Quvaytga bostirib kirilishi ​​tufayli jahon bozoriga yetib bormayotgan neftning oʻrnini bosishi kutilgandi. Bu esa global neft bozorini barqaror ushlab turish uchun kuniga qoʻshimcha 4,8 million barrel (Mbpd) ishlab chiqarishni anglatardi. Bundan tashqari, Aramco BMT birlashgan kuchlarining barcha aviatsiya va dizel ehtiyojlarini taʼminlashi ham kutilgandi. Aramco 146 Harmaliyah, Khurais, and Ghawar neft quduqlarini gaz va neftni ajratish zavodlari va 1980-yillarda neft narxining qulashi paytida ishdan chiqqan tuzli suvni tozalash quvurlari bilan birga qayta ishga tushirdi. Kundalik ishlab chiqarish 1990-yil dekabr oyida 5,4 Mbit/sn iyulda 8,5 Mbit/sgacha koʻtarildi[28].

1990-yildan boshlab Aramco Osiyo bozorida ham xom neft sotishni kengaytirishga kirishdi. Shu jumladan, Janubiy Koreya, Filippin va Xitoy bilan kelishuvlarga erishildi. 2016 yilga kelib, Aramco xom neft savdosining taxminan 70%i Osiyo bozori hissasiga toʻgʻri keldi[28].

2001-yil may oyida Saudiya Arabistoni Gas Initiative rejasini eʼlon qildi. Bu loyiha sakkizta yirik bozor kapitalizatsiyasiga ega neft va gaz kompaniyalari bilan gazning yuqori oqimidagi maydonlarda toza gazni qidirish uchun uchta qoʻshma korxona tuzishni taklif qilardi. Core Venture 1 oʻz ichiga janubiy Ghawar and shimoliy Rubʼ Al-Khali, Core Venture 2 oʻz ichiga Qizil dengiz, Core Venture 3 esa Shaybah and Kidan hududlarini oʻz ichiga olardi. 2003-yilda Royal Dutch Shell va TotalEnergies Saudi Aramco bilan Core Venture 3 boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. 2004-yilda Core Venture 1 uchta alohida qoʻshma korxonaga aylandi. Saudi Aramco Lukoil bilan oʻzida 20 foiz ulushni saqlab qoladigan birinchi, Sinopec bilan ikkinchi va Repsol bilan uchinchi qoʻshma korxonalarni tashkil etdi[28].

2004-yilga kelib, Aramco kuniga 10 million barrrel neft ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan boʻlsa, kompaniya mavjud quvvatdan kuniga 8,6 million barrel ishlab chiqargan. 2005-yilda Aramco ishlab chiqarish va qayta ishlash quvvatini oshirish hamda burgʻulash qurilmalari sonini ikki barobarga oshirish orqali kunlik qazib olish quvvatini sutkalik 12,5 million barrelgacha oshirishni koʻzda tutgan 50 milliard AQSh dollarlik besh yillik rejani ishga tushirdi[28].

2005-yilda Saudi Aramco 781 milliard AQSH dollariga teng bozor kapitalizatsiyasi bilan dunyodagi eng yirik kompaniyaga aylandi[31].

2008-yil iyun oyida xom neft narxi bir barrel uchun 130 AQSh dollaridan oshib ketganida Aramco ishlab chiqarish hajmini kuniga 9,7 million barrelgacha oshirishini eʼlon qilgan. 2009-yil yanvar oyida narxlar keskin tushib ketganidan soʻng, Aramco ishlab chiqarishni kuniga 7,7 million barrelgacha qisqartirishini eʼlon qilgan[28].

2011-yilda Saudi Aramco Karan Gas Field konidan gaz qazib olishni boshladi. Shirkat kondan kuniga 400 million standart kub futdan ortiq gaz chiqarardi.[32]

2016-yil yanvar oyida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud davlat kompaniyasining aksiyalarini roʻyxatga olinishini va aksiyalarning 5% atrofidagi qismini sotilinishi hamda bu orqali Saudiya Arabistoni uchun yirik suveren jamgʻarmasini yaratish imkoniyatini koʻrib chiqayotganini maʼlum qilgan[33].

2017-yilning 26-aprelida Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlari Yaman hududidan Aramco neft tarqatish markaziga kelayotgan boshqaruvchisiz kema hujumining oldini olgan[34].

The Wall Street Journal 2018-yil sentyabr oyida Aramco xalqaro texnologiya firmalariga sarmoya kiritish uchun 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi venchur kapitali fondini koʻrib chiqayotganini xabar bergan[35].

2019-yil iyun oyida Financial Times xabarida Aramco vazirlik xarajatlarini koʻtarayotganini aytilgan. Nashrning qoʻshimcha qilishicha xarajatlar Energetika vaziri Xolid Al-Falihning kompaniya bilan bogʻliq va diplomatik safarlari, shuningdek, hashamatli mehmonxonalarda tunashini ham oʻz ichiga olgan. Biroq, hukumatparast nashrning bildirishicha Falihning olib borayotgan siyosati uning xarajatlaridan ancha koʻproq qoʻshimcha neft daromadlarni olib kelgan[36].

2019-yil sentyabr oyida Saudiya Arabistoni Yosir Al-Rumayyanni Aramco boshqaruvi raisi etib tayinladi. Al-Rumayyan 2015-yildan buyon qirollikning suveren jamgʻarmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Xolid Al-Folih oʻrniga ushbu lavozimga tayinlangan.

2012-yilgi kiber hujum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aramco kompyuterlari 2012-yilning 15-avgust kunida kompyuter virusi tomonidan hujumga uchradi[37][38]. Ertasi kuni Aramco zararlangan kompyuterlarning hech biri toʻgʻridan-toʻgʻri neft ishlab chiqarish bilan bogʻliq tarmoqning bir qismi boʻlmaganligi va kompaniya tez orada toʻliq ish faoliyatiga qaytishini eʼlon qilgan[39]. Xakerlar kompyuter virusi tarqalishi uchun javobgarlikni oʻz zimmalariga olgan[40]. Virus neft va energetika sanoatidagi kompaniyalarga zarar yetkizgan[41][42]. „Cutting Sword of Justice“ nomli guruh Saudi Aramconing 30 000 ish stantsiyasiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan.

Kompaniya oʻz xizmatlarini qayta tiklashi uchun esa bir necha oy sarflashiga toʻgʻri keldi[37]. Guruh keyinchalik hujumda Shamoon virusidan foydalanilganini tasdiqladi[43]. Ushbu hujum tufayli Aramco kompaniyasining asosiy sayti ishdan chiqqan va bosh sahifaga mijozlardan uzr soʻralgan xabar joylangan edi[44]. Kompyuter xavfsizligi boʻyicha mutaxassislarning taʼkidlashicha, "Shamoon nomli ushbu hujum sektordagi „kamida bitta tashkilotga“ zarba bergan. Shamoon virusi fayllarni oʻchirib tashlash va tarmoqdagi bir nechta kompyuterlarni yaroqsiz holga keltirishga qodir"[42]. Richard Clarkening bildirishicha hujum Eronning Stuxnetdagi intervensiyasi uchun AQShdan qasos olishning bir qismi boʻlgan[45]. Hujumdan keyin kompaniyaga xavfsizlikni tiklashda yordam bergan xavfsizlik boʻyicha tadqiqotchi Chris Kubecka oʻzining Black Hat USA 2015 taqdimotida[46][47] hamda Darknet Diariesning 30-qismida hujumning murakkablik darajasini batafsil bayon qilgan[48].

2019-yilgi dron hujumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 14-sentyabrda Saudi Aramconing ikkita zavodiga dronlar hujumi uyushtirildi[49]. Ushbu hujumlar Abqaiq neftni qayta ishlash zavodi va Khurais neft koniga amalga oshirilgandi[50]. Husiy isyonchilari hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmalariga oldilar[51][52][53]. Hujum Saudiya xom neftining sutkalik qazib olish hajmini 5,7 million barrelga qisqartirdi, bu esa dunyodagi neft taʼminotning 5%dan ortigʻini tashkil etadi[54]. Saudiya Arabistoni rasmiylari tomonidan Aramconing IPOsini keyinga qoldirish boʻyicha munozaralar boshlanib ketdi. Chunki hujumlar „qirollik neft qazib olish hajmini yarmidan koʻpga qisqartirib yuborgan edi“[55].

2020-yil 10-martda Saudi Aramco Formula 1 bilan koʻp yillik global hamkorlik toʻgʻrisida bitim tuzilganini eʼlon qildi[56].

2020-yil 17-iyunda Saudi Aramco kimyoviy moddalar ishlab chiqaruvchi SABIC kompaniyasining 70% ulushini sotib oldi[57][58].

2020-yil iyun oyida Saudi Aramco mavjud xodimlarining 70 mingidan 500ga yaqinini ishdan boʻshatgan. Chunki bu vaqtda global energetika kompaniyalari COVID-19 pandemiyasi tufayli oʻz ishchilari sonini qisqartirayotgandi. Ishdan boʻshatilgan xodimlarning aksariyati xorijliklar edi[59].

2020-yil 31-iyulda Saudi Aramco Apple kompaniyasiga bozor kapitalizatsiyasi boʻyicha raqobatda yutqazib qoʻydi[60].

2020-yil 9-avgustda Saudi Aramco koronavirus inqirozi tufayli neftga boʻlgan talab va narxlarning keskin pasayishi fonida moliyaviy yilining birinchi yarmida sof daromadlarning 50%ga qisqarganini maʼlum qilgan[61].

2020-yil 3-noyabrda Saudi Aramco COVID-19 pandemiyasi davrida uchinchi chorak yakunlari boʻyicha sof foydasi 44,6 foizga kamaygani haqida xabar qilgan[62].

2020-yil 14-dekabrda Saudiya davlat televideniyesi Yanbu shahridagi Aramco neftni qayta ishlash zavodidan 60 000 metrik tonnadan ortiq qoʻrgʻoshinsiz benzin olib ketilayotgan neft tankeri portlovchi moddalar bilan yuklangan kichik kema tomonidan hujumga uchragani haqida xabar qilgan[63].

2021-yil mart oyida Saudi Aramco COVID-19 pandemiyasi davrida kiritilgan cheklovlar 2020-yilgi daromadlarni 2019-yilgiga nisbatan qariyb 45 foizga qisqartirib yuborganini xabar qilgan edi[64].

2021-yil 19-mart kuni Aramco neftni qayta ishlash zavodiga oltita bomba yuklangan dronlar hujum qildi[65]. Saudiya Matbuot Xizmatiga koʻra, husiy isyonchilari tomonidan tashkillashtirilgan hujum yongʻin keltirib chiqargan. Ammo hech qanday jarohat yoki vayronagarchilikka olib kelmagan[66].

2021-yil 21-martda Saudi Aramco Xitoyning keyingi 50 yil davomida energiya taʼminotini mustahkamlash va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishga qaratilgan texnologiyalarni yaratish boʻyicha bitim imzoladi[67][68]. Yaqinda ular EIG boshchiligidagi konsorsium bilan ham shartnoma imzolashdi[69].

2021-yil iyul oyida Saudi Aramco HSBC Holdings Plc sobiq bosh ijrochi direktori Stuart Gulliverni kompaniya direktorlar kengashiga tayinladi[70].

2021-yil oktyabr oyida Saudi Aramco 2060-yilgacha operatsiyalari natijasida ajralib chiqadigan uglerod emissiyasini nolga tushirish rejasini eʼlon qilgan.[71]

2021-yil 20-noyabrda husiy jangarilari Ar-Riyod, Abha, Jizan, Najron va Jiddadagi harbiy nishonlarga hamda Jiddadagi Aramco neftni qayta ishlash zavodlariga 14ta dron hujumi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oʻlgan[72][73].

2021-yilda The Guardian nashrining bildirishicha, Aramco Shell va BP kabi boshqa neft kompaniyalari bilan bir xil tezlikda diversifikatsiya qilishga harakat qilmayapti[74]. Aksincha, Aramco 2021-yilda kompaniya 2027-yilga kelib neft qazib olish quvvatini sutkalik 12 million barreldan 13 million barrelgacha oshirish maqsadi haqida xabar bergan[74].

2022-yil fevral oyida neft narxi barreliga qariyb 95 dollarga koʻtarilishi ortidan Saudi Aramco kompaniyasi Osiyo, AQSh va Yevropadagi xaridorlar uchun neft narxini oshirdi[75].

2022-yil mart oyida husiy jangarilari Jiddadagi Aramco omboriga hujum qilib, ikkita saqlash qismida yongʻin keltirib chiqargan[76]. Hodisa 2022-yilgi Saudiya Arabistoni Gran-prisiga saralash paytida yuz bergan edi.

2022-yil 11-mayda Saudi Aramco Apple Inc.ni bozor qiymati boʻyicha ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik kompaniyaga aylandi[77].

2022-yil avgust oyida Saudi Aramco Valvoline kompaniyasining neft blokini 2,65 milliard dollarga sotib olishini bildirgan[78].

2023-yil mart oyida Saudi Aramco COVID-19 pandemiyasidan keyin benzin narxi keskin oshganligi sababli rekord darajadagi 161 milliard dollar foyda koʻrganini eʼlon qilgan. Kompaniya foydasi ExxonMobilning 55,7 va Shellning 39,9 milliard dollarlik ancha oʻzib ketgandi[79].

2023-yil sentyabr oyida Saudi Aramco Lotin Amerikasi xususiy kapital fondi Southern Cross Group bilan Santyagoda joylashgan yoqilgʻi sotuvchisi Esmax Distribucion SPAni sotib olish boʻyicha kelishuvga erishgani maʼlum qilgan. Sotib olish Saudi Aramconing Janubiy Amerika chakana yoqilgʻi bozoriga rasman kirganini bildiradi[80].

Operatsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudi Aramconing bor qarorgohi Dhahranda joylashgan boʻsa-da, shirkat butun dunyo boʻylab faoliyat yuritadi. Uning faoliyat turlariga neft qidiruv ishlari, ishlab chiqarish, qayta ishlash, kimyoviy moddalar, tarqatish va marketing kiradi. Saudiya Arabistoni Neft va mineral resurslar vazirligi bilan Neft va Mineral Resurlar Oliy Kengashi birga kompaniyaning barcha faoliyatini monitor qilib boradi[81]. Lekin bu borada vazirlik kengashga qaraganda ancha koʻproq vakolatlarga ega.

Direktorlar Kengashi

  • Yosir Usmon al-Rumayyan (boshqaruv raisi), Iqtisodiy va taraqqiyot masalalari kengashi aʼzosi (Saudiya Arabistoni)
  • Ibrohim Abdulaziz al-Assaf, sobiq tashqi ishlar vaziri va moliya vaziri
  • Muhammad al-Jadaan, hozirgi moliya vaziri
  • Muhammad M. Al-Tuvayjriy, sobiq Iqtisodiyot va rejalashtirish vaziri
  • Nabil al-Amudi, sobiq transport vaziri
  • Mark Moody-Stuart, Royal Dutch Shell, Anglo American, HSBC va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global Shartnomasi Jamgʻarmasining sobiq boshqaruvchi direktori va raisi
  • Andrew N. Liveris, Dow Chemical kompaniyasining sobiq raisi va bosh direktori
  • Lin Elsenxans, Sunoco kompaniyasining sobiq raisi va bosh direktori
  • Peter Sella, Chevron Philips Chemical kompaniyasining sobiq prezidenti va bosh direktori
  • Mark Weinberger, Ernst & Young kompaniyasining sobiq raisi va bosh direktori
  • Saudi Aramco kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Amin X. Nosir

Qidiruv ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudi Aramco xodimlarining asosiy qismini geofiziklar va geologlar tashkil etadi. Saudi Aramco 1982-yildan beri neft va gaz konlarini qidirish bilan shugʻullanadi. Bu jarayonning asosiy qismi EXPEC ilgor tadqiqot markazida amalga oshiriladi. Dastlab Saudi Aramco oʻzining EXPEC Kengaytirilgan Tadqiqot Markazida (ECC) Cray superkompyuterlaridan (CRAY-1M) tadqiqot davomida olingan katta miqdordagi maʼlumotlarni qayta ishlashda foydalangan[82] va 2001-yilda esa shirkat ECCda Cray tizimlari oʻrniga Linux klasterlaridan foydalanishga qaror qilgan. ECC 2009-yilning oxirida 1050 terabayt (bir petabaytdan ortiq) xotira sigʻimiga ega boʻlgan yangi superkompyuter tizimini oʻrnatdi. Ushbu superkompyuter Saudi Aramco tarixidagi eng yirik maʼlumot saqlash qurilmasi boʻlib, shirkatning chegara hududlari va Qizil dengizdagi qidiruv ishlari maʼlumotlarini qayta ishlaydi[83].

Qayta ishlash va kimyoviy moddalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniya dastlab neftni qayta ishlashni rejalashtirmagan boʻlsa-da, Saudiya hukumati butun neft ishlab chiqarish jarayoni bilan shugʻullanadigan faqat bitta kompaniyaga ega boʻlishni xohlardi. Shuning uchun 1993-yil 1-iyulda hukumat qirollik farmoni bilan Saudi Aramconi mamlakatning neftni qayta ishlash kompaniyasi Samarec bilan birlashtirdi. Keyingi yili Saudi Aramco shoʻba korxonasi Filippindagi eng yirik xom neftni qayta ishlovchi va sotuvchi Petron korporatsiyasining 40% ulushini sotib di. Shundan keyin Saudi Aramco mamlakatda neftni qayta ishlash va uni mamlakatda tarqatish mas‘uliyatini toʻliq oʻz zimmasiga oldi[13]. 2008-yilda Saudi Aramco oʻzining Petrondagi barcha ulushini Londonda roʻyxatdan otgan Ashmore Group investitsiya guruhiga sotib yubordi. Ashmore boshqa aksiyadorlarga majburiy tender taklifini berdi va kompaniyaning qoshimcha 11% ulushini sotib oldi. 2008-yil iyul oyiga kelib, Ashmore oʻzining SEA Refinery Holdings B. V. shoʻba firmasi orqali Petron aksiyalarining 50,57 foiziga egalik qilardi. Ashmore toʻlovlarni 2008-yil dekabr oyida amalga oshirgan. 2008-yil dekabr oyida Ashmore PNOCning 40% ulushini sotib oldi. Xuddi shu oyda San Miguel Corporation (SMC) Ashmore guruhi bilan Petronning 50,1 foizini sotib olish boʻyicha muzokaralarning yakuniy bosqichida ekanligini aytgan. 2010-yilga kelib SMC Petron korporatsiyasining aksariyat nazoratini qoʻlga kiritdi.

Saudi Aramco 2019-yil holatiga koʻra, neftni qayta ishlash quvvati kuniga 5,4 million barrelni tashkil etadi[84].

Saudi Aramco quyi oqim operatsiyalaridagi asosiy eʼtiborni neftni qayta ishlash zavodlarini neft-kimyo korxonalari bilan birlashtirishga qaratmoqda. Kompaniyaning quyi oqimdagi birinchi qoʻshma korxonasi Petro Rabigh korporatsiyasi bilan boʻlib, qoʻshma korxona 2005-yilda Qizil dengiz sohilida oʻz ishlarini boshlagan Sumitomo Chemical Co. bilan qoʻshma korxonaga aylandi[13]. Kimyoviy moddalar sohasida jahon yetakchisiga aylanish maqsadida Aramco Royal Dutch Shell kompaniyasining Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlash zavodinng 50% ulushini 631 million AQSh dollariga sotib oldi[85].

Neftni qayta ishlash zavodlari roʻyxati

Mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari roʻyxati[84]:

  • Jazan neftni qayta ishlash zavodi va terminal loyihalari (JRTP) (kuniga 400 000 barel (64 000 m3/kun)), Jazan qurilishi davom etmoqda[86].
  • Jidda neftni qayta ishlash zavodi (kuniga 78 000 barrel (12 400 m3/kun)) Jidda 2017 yil noyabr oyida mahsulotni saqlash terminaliga aylantirildi.
  • Ras Tanura neftni qayta ishlash zavodi (kuniga 550 000 barrel (87 000 m3/kun)) (xom distillash, gaz kondensati, gidrokraker va katalitik reformingni oʻz ichiga oladi)
  • Saudi Aramco Jubail Refinery Co. (SASREF), Jubayl (kuniga 305 000 barrel (48 500 m3/kun))
  • Ar-Riyod neftni qayta ishlash zavodi (kuniga 126 000 barrel (20 000 m3/kun))
  • Yanbu neftni qayta ishlash zavodi (kuniga 245 000 barrel (39 000 m3/kun))

Mahalliy neftni qayta ishlash qoʻshma korxonalari roʻyxati[84]:

  • Saudi Aramco Mobil Refinery Co. Ltd. (SAMREF), Yanbu (kuniga 400 000 barrel (64 000 m3/kun))
  • Petro Rabigh, Rabigh (kuniga 400,000 barrel (64,000 m3/kun))
  • Saudi Aramco Base Oil Co. (Luberef)
  • Saudi Aramco Total Refining and Petrochemical Co. (SATORP), Jubail (kuniga 400,000 barrel (64,000 m3/kun))[87]
  • Yanbu Aramco Sinopec Refinery (YASREF), Yanbu (kuniga 400,000 barrel (64,000 m3/kun))

Xorijiy neftni qayta ishlash korxonalari roʻyxati:

Saudi Aramco Pokistondagi Gvandardagi 10 milliard dollarlik neftni qayta ishlash zavodi loyihasini va boshqa loyihalarga qiziqish bildirgan. Ammo Gvandardagi 10 milliard dollarlik neftni qayta ishlash zavodi loyihasi bekor qilingan. 2022-yilda Saudi Aramco kompaniyasi North Huajin Chemical Industries guruhi bilan Huajin Aramco Petrochemical Company nomli qoʻshma korxona yaratayotgani maʼlum boʻldi. Korxona etilen bugʻini kreking qilish qobiliyatiga ega sutkalik 300 000 barrel neftni qayta ishlaydi[90].

Yetkazib berish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudi Aramco turli mamlakatlarga xom neft, qayta ishlangan neft va tabiiy gazni yetkazib berish uchun bir nechta tanker xizmatlaridan foydalanib keladi. Avvalari Aramco Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoga yuklarni yetkazish uchun Bahri kompaniyasi bilan birlashtirilgan Vela International Marine shoʻba kompaniyasiga ega boʻlgan[91]. Ushbu qoshma korxona qurib bitkazilganda dunyodagi eng katta boladigan King Salman Global Maritime Industries Complex nomli kemasozlik zavodining aksiyadori hamdir[92].

Global sarmoyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudi Aramco butun dunyo boʻylab, jumladan uchta asosiy global energiya bozorlari, Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikadagi faoliyat kengaytirmoqda[93]. 2019-yil aprel oyida Aramco Janubiy Koreyaning Hyundai Oilbank neftni qayta ishlash kompaniyasining 13% ulushini 1,24 milliard AQSh dollariga sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi[94][95]. Bundan tashqari, 2019-yil 11-aprelda Aramco Polshaning yetakchi neftni qayta ishlash kompaniyasi PKN Orlen bilan unga Arabiston xom neftini yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzoladi[96].

Suyultirilgan tabiiy gaz

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aramco dunyodagi asosiy suyultirilgan tabiiy gazning yirik ishlab chiqaruvchisi boʻlishni rejalashtirmoqda[97][98]. U oʻzining birinchi suyultirilgan tabiiy gazini Singapurda hind xaridoriga sotdi[97]. Kompaniya suyultirilgan tabiiy gaz bozoridagi maqsadiga erishish uchun butun dunyo boʻylab potensial qoʻshma korxonalar va hamkorlarni qidirmoqda[97][98].

Saudilashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ali Al-Naimining taʼkidlashicha dastlabki konsessiya shartnomasidagi 23-moddani kelgusi oʻn yilliklar davomida Saudiya jamiyatining shakllanishida asosiy rolni oʻynagan. Moddada shunday deyilgan: „Ushbu shartnoma boʻyicha korxona Saudiya fuqarolarini ishga oladigan amerikaliklar tomonidan boshqariladi va nazorat qilinadi va kompaniya saudiyalik munosib xodimlarni topsa, boshqa davlat fuqarolarini ishga olmaydi“. Kompaniyaning birinchi maktabi 1940-yil may oyida kompaniya tarjimoni va birinchi instruktori Hijji bin Jassimning Al-Xobar uyida tashkil etilgan. Al-Naimi, „Boshidanoq, Aramconing rivojlanishi Saudiya Arabistonining manfaatlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan“ deb taʼkidlaydi. Jebel maktabi nomli yana bir maktab 1941-yilda Dhahrada tashkil etilgan edi. Kirish darajasidagi lavozimlarga yollangan yigitlar ertalab soat 7dan boshlab toʻrt soat va tushdan keyin yana toʻrt soat ishlagan. 1950-yilda Aramco 2400 nafar ishchini tayyorlaydigan maktablar qurdi. 1959-yilda Aramco Saudiyalik ish oʻrganuvchilarning birinchi guruhini AQShdagi universitetga yuborgan. 1970-yilda Aramco oʻzining birinchi oʻrta maktab bitiruvchilarini ishga qabul qila boshladi va 1979-yilda ularga universitet grantlarini taklif qila boshladi. 1965-yilda Zafer H. Husayniy saudiyalik birinchi menejer, 1974-yilda Faysal Al-Bassam saudiyalik birinchi vitse-prezidentga aylandi. 1983-yil noyabrida dastlabki ish oʻrganuvchilardan boʻlgan Al-Naimiy Aramco prezidenti etib tayinlandi. U ushbu lavozimdagi birinchi saudiyalik prezident edi. Al-Naimiy taʼkidlaganidek, „Neft kompaniyasi saudiyalik toʻliq maʼlumotli va malakali sanoat mutaxassislari yaratishni oʻz zimmasiga olgan“. Al-Naimiy Tomas Bargerning saudilashtirishdagi hissasini eʼtirof etib: „Siz, Aramco rahbarlari orasida dastlabki kunlaridayoq saudiyalik xodimlarni oʻqitish boʻyicha eng katta maqsadga egasi edingiz. Bu uzoqni koʻzlagan saʼy-harakatlar hozir oʻz samarasini bermoqda va koʻplab saudiyaliklar ushbu saʼy-harakatlar tufayli rahbarlik lavozimlarini egallashmoqda“. 1943-yilda Aramcoda 1600 saudiyalik ishlagan boʻlsa, 1987-yilga kelib, Aramconing 43,5 ming ishchisining deyarli uchdan ikki qismi saudiyaliklar edi. 1988-yilda Al-Naimiy bosh direktor va Hisham Nazer boshqaruv raisligi lavozimlarini egallagan birinchi saudiyaliklar edi. Saudiyalashtirish oʻzining choʻqqisiga Shayba neft koni 1998-yil iyul oyida 90% saudiyaliklardan tashkil topgan jamoaning uch yillik saʼy-harakatlaridan soʻng ishga tushirilganda erishdi. 2016-yil Aramco hali ham 15% ishchi kuchi chet ellik edi. Al-Naimiyning tabiri bilan aytganda, „bu eng soʻnggi innovatsiyalar va texnik yechimlarga doimo foydalana olishni nazarda tutgan“[28].

Saudi aramco oʻz faoliyatini boshlagandan beri 59.26 milliard tonna karbonat angidrid ekvivalentidagi issiqxona gazlarini ishlab chiqargan. Ushbu koʻrsatkich 1965-yildan beri havoga chiqarilgan jami antropogen karbonat angidridning 4.38 fozini tashkil etadi[99].

Atrof muhitni asrovchi guruhlar Aramcoga 2 trillionlik bozor debyutini tashkillashda yordam bergan 9ta xalqaro banklarga xat joʻnatadi. Xatda guruhlar aksiyalarning bozorga chiqishi issiqxona gazlarini qisqartirishga va saudi tuzumi tomonidan inson huquqlarining buzulishini toʻxtatishga qaratilgan harakatlarga toʻsiq boʻlishini taʼkidlagan[100].

2019-yil 6-noyabrda, Saudi Aramco Jahon Bankining 2030-yilga qadar gaz yoqilishini nolga tushirish boʻyicha tashabbusiga qoʻshiladi. Kompaniya 2019-yilning birinchi yarmida umumiy xom gazning 1 foizdan kamrogʻini yoqqanini bildirgan[101].

Issiqxona gazlari emissiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ekologlarning taʼkidlashicha 1965-yildan beri havoga chiqarilgan issiqxona gazlarining 4 foizi Aramco hissasiga toʻgʻri keladi. Emissiyaning asosiy qismini sotilgan neftning ishlatilishi tashkil etgan. Masalan, avtomobil dvigatelida yondirilgan gazolin ham kiradi. Issiqxona gazlarini hisobga olishda mahsulotdan foydalanish natijasida hosil boʻladigan chiqindilar „3-koʻlamli“ emissiya deb ataladi. 3-koʻlamli emissiyani cheklash Aramconing rejasida mavjud emas. Ammo, hukumat 2060-yilga kelib, mamlakat ichida uglerod chiqindilarini nolga tenglashtirishni aytmoqda[102].

2007-yilgi Haradh gaz quvurining portlashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilning 18-noyabrida tabiiy gaz quvuridagi portlash natijasida ishchilarning bir qanchasi halok boʻlgani toʻgʻrisida xabarlar tarqala boshladi. Keyinchalik qurbonlar soni 34ta boʻlgani aniqlandi[103][104]. Aramconing taʼkidlashicha bu faqatgina texnik xizmat koʻrsatishga oid baxtsiz hodisa.

Boshqaruv madaniyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 9-dekabrda Financial Times Aramcoda COVID-19 virusini yuqtirib olgan muhandis haqida maqola chop etadi. Oilasining taʼkidlashicha kompaniya muhandisning kasalligini davolashda befarqlik qilgan[105]. Oila aʼzolarining aytishicha, oʻlimidan 3 hafta oldin u kompaniya va hukumat organlaridan yodam soʻragan. Ammo shunchaki qoʻqop va tibbiy niqob niyib yurishni tavsiya qilgan. Saudi Aramco muhandisning oʻlimidan 14 soat oʻtmaguncha uning oila aʼzolari bilan rasman bogʻlanmagan va uning jasadini berishni rad etgan. Bundan tashqari muhandisning mobil qurilmasidan maʼlumotlarni ataylab oʻchirib tashlagan. Uning oilasi moliyaviy yordamsiz 5 oy yashashga majbur boʻlgan va faqatgina Financial Times kompaniyadan savollar soʻrashni boshlagandagina 400 ming dollarlik nafaqa, sugʻurta va toʻlanmagan maoshini toʻlab bergan.

Xuddi shu maqolada 5 nafar huquqbonlar Aramconi bezorilik va notoʻgʻri boshqaruvda ayblagan[105]. Sobiq xodimlardan biri kompaniyaning klapanlar va tarmoq bloklarini bosim ostida sinovdan oʻtkazishda oʻta xavfli darajadagi buzilishlar, neftni qayta ishlash zavodi konstruktsiyasidagi yoriqlar va yoʻllar va poydevorlarning choʻkishi haqida oʻz xavotirlarini bildirgan. Neftni qayta ishlash zavodi Aramcoda ham Piper Alphaning taqdiri boʻlishi xavfini tugʻdiradi deydi boshqa bir chet ellik mutahasis. Shuningdek, u Aramconi qiyinchilikka koʻnikmaganlikda, qobiliyatsizlik va dangasalikka ayblagan.

Ishchilarga munosabat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning mart oyida ijtimoiy tarmoqlarda katta qoʻl dezinfektsiyalash moslamasi kiyib olgan ishchi migrantning suratlari tarqalgach Saudi Aramco tanqidlar ostida qoldi[106]. Tvitterdagi foydalanuvchilar bu harakatni „zamonaviy qulchilik“, „tahqiromuz“ va „noinsoniylik“ deb qoraladi[107]. Kompaniyaga koʻra, namoyish Aramco rasmiylarining ruxsatisiz tashkil etilgan[107][108].

Majburiy sarmoyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda manbalar Financial Timesga Saudiyaning badavlat oilalari Saudi Aramco IPOsiga qoʻshilishga majbur qilinganini aytgan[109][110]. Tahlilchilarning fikricha, Aramco amaliy jihatdan bozor kapitallashuvini 1dan 1,5 trillion dollargacha oshirishi mumkin edi. Ammo saudiyaliklar 2 trillion dollarlik bozor qiymatiga erishishni xohlardi. Hech shubhasiz, roʻyxatdan oʻtganlarning koʻpchiligining qarindoshlari 2017–2019 yillgi Saudiya Arabistonidagi tozalash jarayonining bir qismi boʻlgan. Toʻrtta manbaga koʻra, Saudiya hukumati qirollikdagi baʼzi badavlat oilalarni IPOdagi qatnashishga majburlagan.

Inson huquqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudi Aramconing asosiy aksiyadori Saudiya Arabistoni hukumati boʻlib, u yerda inson huquqlari tashvishli masala[111]dir. Saudiya Arabistoni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini shariat qonunlariga zid ekanligini bildirib[112], BMTdagi ovoz berishda betaraf qolgan. Mamlakat bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasining shariat qonunlariga zid boʻlgan har qanday qoidasiga oʻzgartirishlar kiritgan[113]. Hukumat qiynoqlarni muntazam qoʻllashda hamda boshqa ijtimoiy guruhlar[114] bilan bir qatorda tanqidchilar[115], va ayollarga nisbatan zoʻravonlikdan[116] foydalanishda ayblangan.

  1. 1,0 1,1 1,2 „Saudi Aramco Annual Report 2022“. Qaraldi: 2023-yil 21-mart.
  2. (unspecified title)
  3. „Key facts and figures“. Saudi Aramco. 2017-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-aprel.
  4. „The Report: Saudi Arabia 2009“. Oxford Business Group. 2009. 130-bet. ISBN 978-1-907065-08-8.
  5. „Our company. At a glance“. Saudi Aramco. 2018-10-17da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2023-09-27.
  6. https://www.aramco.com/en/who-we-are/overview/our-history#:~:text=Aramco%20traces%20its%20beginnings%20to,The%20work%20began%20right%20away
  7. „Global 500 2020“. Fortune. 2020.
  8. OPEC. „Annual Statistical Bulletin 2016“. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  9. www.eia.gov. „International - U.S. Energy Information Administration (EIA)“. Qaraldi: 2020-yil 24-mart.
  10. „Saudi Arabia - Overview“ (PDF). Energy Information Administration. 20 October 2017. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: others ()
  11. „How real is Saudi Arabia's interest in renewable energy?“. the Guardian (2019-yil 12-oktyabr).
  12. https://www.aramco.com/en/who-we-are/overview/our-history#:~:text=Aramco%20traces%20its%20beginnings%20to,The%20work%20began%20right%20away
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 „Aramco Overseas Company - About Saudi Aramco“.
  14. „Saudi Aramco becomes most valuable listed company in history“. The Guardian (2019-yil 11-dekabr).
  15. Charles, Riley. „The world has its first $2 trillion company. But for how long?“. CNN (2019-yil 12-dekabr).
  16. „Saudi Arabian Oil Company (Saudi Aramco)“. Forbes.
  17. „Conference of San Remo“. Encyclopædia Britannica (2015-yil 27-fevral). Qaraldi: 2015-yil 15-fevral.
  18. Owen, E.W.. Trek of the Oil Finders: A History of Exploration for Petroleum. Tulsa: AAPG, 1975 — 1290–93-bet. 
  19. Daniel Yergin. The Prize: The Epic Quest for Oil, Money and Power. New York: Simon and Schuster — 265–74-bet. ISBN 978-1439110126. 
  20. „Oil Company Histories“. Virginia University. Qaraldi: 2012-yil 9-avgust.
  21. „Seven Wells Of Dammam“. Saudi Aramco World (2017-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 23-dekabr.
  22. „Saudi Arabian Oil Company History from Fundinguniverse.com“. Qaraldi: 2012-yil 18-avgust.
  23. „The Story of Oil in Saudi Arabia“. Saudi Gazette. 18 May 2008. 2014-10-06da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2023-09-27.{{cite magazine}}: CS1 maint: bot: original URL status unknown ()
  24. Morton, Michael Q. (2013). „Once Upon a Red Line: The Iraq Petroleum Company Story“. GeoExpro.
  25. Britain and Saudi Arabia, 1925-1939 : the Imperial Oasis. London, England. London, Angliya: the Imperial Oasis, 1983. ISBN 9780714632209. OCLC 10877465.. 
  26. Nathan J. Citino. From Arab Nationalism to OPEC: Eisenhower, King Saʻūd, and the making of U.S-Saudi relations. Indian University Press. ISBN 9780253340955. 
  27. „Saudi Aramco by the Numbers“. Saudi Aramco World (may–june 2008). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-oktyabr.
  28. 28,0 28,1 28,2 28,3 28,4 28,5 28,6 Ali Al-Naimi. Out of the Desert. Great Britain: Portfolio Penguin, 2016 — 14, 26–28, 50–51, 76, 93, 109–110, 119, 122–123, 129, 143, 222-bet. ISBN 9780241279250. 
  29. „Timeline“. Saudi Embassy. 2013-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-iyun.
  30. „Saudi Aramco Announces Oil and Gas Find, Third Since July“. Associated Press News (1990-yil 7-yanvar).
  31. „Financial Times Non-public Top 150“. Financial Times. 14 December 2006.
  32. DiPaola, Anthony (26 July 2011). „Saudi Aramco Starts Production From Karan Gas Field in July“. Bloomberg.
  33. „Saudi Arabia is considering an IPO of Aramco, probably the world's most valuable company“. Economist. 7 January 2016.
  34. „Saudis thwart attempted attack on oil facility near Yemen“. AP NEWS (2017-yil 26-aprel).
  35. Jones, Rory; Said, Summer (6 September 2018). „Aramco Weighs 47 Billion Venture Capital Fund For Tech“. The Wall Street Journal. ISSN 0099-9660.
  36. Raval, Anjli; Kerr, Simeon (20 June 2019). „Saudi Aramco battles oil ministry over use of company funds“. Financial Times.
  37. 37,0 37,1 Perlroth, Nicole. Cyberattack On Saudi Firm Disquiets U.S.. The New York Times (2012-yil 24-oktyabr), s. A1.
  38. „Saudi Aramco says virus shuts down its computer network“ (2012-yil 15-avgust). 2013-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-avgust.
  39. „Aramco Says Virus Attacks Network, Oil Output Unaffected“ (2012-yil 16-avgust). 2012-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-avgust.
  40. Arthur, Charles (16 August 2012). "Saudi Aramco hit by computer virus". The Guardian. 27 March 2016da asl nusxadan arxivlandi.
  41. „Shamoon virus attacks Saudi oil company“. Digital Journal. 18 August 2012. 21 August 2012da asl nusxadan arxivlandi.
  42. 42,0 42,1 „Shamoon virus targets energy sector infrastructure“. BBC News (2012-yil 16-avgust). 2018-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  43. „Virus knocks out computers at Qatari gas firm RasGas“. CNET (2012-yil 30-avgust). 2012-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  44. „Some Signs Point to Shamoon as Malware in Aramco Attack“. Threat Post (2012-yil 16-avgust). 2012-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  45. Zero Days hujjatli filmi; 1:43
  46. „Black Hat 2015: Rebuilding IT security after a cyber disaster“. SearchSecurity (2016-yil 10-fevral). 2019-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  47. Mahoney, Matt (25 September 2019). „Diving Deeper into Cyber Survival“. MIT Technology Review.
  48. „Shamoon – Darknet Diaries“. darknetdiaries.com. 2019-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-sentyabr.
  49. „Major Saudi Arabia oil facilities hit by Houthi drone strikes“. The Guardian. Associated Press. 4 September 2019. ISSN 0261-3077. 14 September 2019da asl nusxadan arxivlandi.
  50. „Saudi Aramco drone attack: See damage caused to oil field; what are the implications“. Moneycontrol. 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  51. „Yemeni Rebels Claim Drone Strikes on Saudi Arabia's Aramco, World's Biggest Oil Processing Facility“. News18 (2019-yil 14-sentyabr). 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  52. Eberhart, Dan. „Drone Attacks Test Saudi Aramco, Deliver Wake Up Call To Global Markets“. Forbes. 16 September 2019da asl nusxadan arxivlandi.
  53. Johnson, Keith. „How an Aerial Barrage Cut Saudi Oil Production in Half“. Foreign Policy.
  54. „How the Saudi Aramco attack affects global oil supply“. The Economic Times. 16 September 2019.[sayt ishlamaydi]
  55. „WSJ News Exclusive | Saudi Officials Consider Delaying Aramco IPO After Attacks“. Wall Street Journal. 16 September 2019.
  56. „Aramco announces partnership with Formula 1®“. www.aramco.com. Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
  57. „Aramco completes its acquisition of a 70% stake in SABIC from the Public Investment Fund (PIF)“. www.aramco.com.
  58. Raval, Anjli (17 June 2020). „Saudi Aramco extends payment plan as it closes $69bn Sabic deal“. Financial Times. 2022-12-10da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2023-09-28.{{cite magazine}}: CS1 maint: bot: original URL status unknown ()
  59. „Saudi Aramco cuts hundreds of jobs amid oil market downturn, sources say“. Reuters. 18 June 2020.
  60. Bursztynsky, Jessica. „Apple surpasses Saudi Aramco to become world's most valuable company“. CNBC (2020-yil 31-iyul).
  61. „Saudi Aramco profit drops 50% for first half of the year as pandemic batters oil price“. CNBC (2020-yil 9-avgust).
  62. Gamal, Hadeel Al Sayegh; Rania El (3 November 2020). „Saudi Aramco third-quarter profit slumps 44.6% as pandemic chokes demand“. Reuters. 2020-11-06da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2023-09-28.
  63. „Oil tanker attacked in Saudi Arabian port by "booby-trapped boat" amid ongoing war in Yemen“. www.cbsnews.com.
  64. „Saudi Aramco's profits slide nearly 45% after lower oil demand“. BBC News (2021-yil 21-mart).
  65. „Successful drone attack on Saudi Aramco in Riyadh claimed by Yemen rebels“. www.worldoil.com (2021-yil 19-mart).
  66. „Saudi Arabia: Drones attack Riyadh oil facility, no damage“. AP NEWS (2021-yil 20-aprel).
  67. „Saudi Aramco offers China partnership in energy transition“. Arab News (2021-yil 23-mart).
  68. „Saudi Aramco to prioritise energy supply to China for 50 yrs, says CEO“. Reuters (2021-yil 21-mart).
  69. „Aramco signs 802.4 billion pipeline deal with EIG-led consortium“. Reuters (2021-yil 9-aprel).
  70. „Saudi Aramco Appoints Ex-HSBC CEO Stuart Gulliver to Board“. Bloomberg News.
  71. Kareem El Damanhoury. „Leading oil exporter Saudi Arabia aims to reach net-zero carbon emissions by 2060, Crown Prince MBS says“. CNN.
  72. „Houthis say their drone attacks target several Saudi cities“. www.aljazeera.com.
  73. „Yemen's Houthis say they attacked Saudi cities, Aramco facilities“. Reuters.
  74. 74,0 74,1 „Apocalypse soon': reluctant Middle East forced to open eyes to climate crisis“. The Guardian (2021-yil 29-oktyabr).
  75. „Saudi Arabia's Aramco raises oil prices as crude surges“. World Oil (2022-yil 6-fevral).
  76. „Saudi Aramco petroleum storage site hit by Houthi attack, fire erupts“. Reuters (2022-yil 26-mart).
  77. Wearden, Graeme. „Saudi Aramco overtakes Apple as world's most valuable company“. The Guardian (2022-yil 12-may).
  78. Wallace, Paul. „Saudi Aramco Buys Valvoline's Fuels Unit for $2.7 Billion“. www.bloomberg.com (2022-yil 1-avgust).
  79. „Aramco: Saudi state-owned oil giant sees record profit of 9061bn“. www.BBC.com (2023-yil 12-mart).
  80. „Aramco to Acquire Chile Fuels Retailer“. www.rigzone.com.
  81. „Saudi Arabia“. Revenue Watch Institution. 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-sentyabr.
  82. „Cray FAQ Part 3: FAQ kind of items“. spikynorman.dsl.pipex.com. 2007-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  83. „Saudi EXPEC Computer Center Deploys Supercomputer“ (2010-yil 24-fevral). 2012-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-noyabr.
  84. 84,0 84,1 84,2 Saudi Aramco Annual Review 2015. 
  85. „Aramco to buy Shell's stake in Saudi refining JV for $631 million“. Reuters (2019-yil 21-aprel).
  86. Jazan mega-project powers forward
  87. „SAUDI ARAMCO TOTAL Refining and Petrochemical Co. (SATORP) completes US$8.5 Billion project financing for Jubail Refinery“
  88. Seba, Erwin. „After Motiva split, Saudi Aramco aims to buy more U.S. refineries - sources“. Reuters (2016-yil 18-mart).
  89. „Saudi Aramco ready for record $2tn IPO after first-half results“. The Guardian (2019-yil 12-avgust).
  90. „Aramco says China joint venture to develop refinery and petrochemical complex“. Reuters (2022-yil 10-mart).
  91. „History“. Vela International Marine Limited.
  92. „Bahri, Partners Step Closer to Set Up Maritime Yard in Saudi Arabia“. World Maritime News (2016-yil 1-iyun).
  93. „Global presence“. www.saudiaramco.com. 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.
  94. Jung-a, Song (15 April 2019). „Saudi Aramco to take 13% stake in Hyundai Oilbank“. Financial Times.
  95. „Saudi Aramco to acquire stake in South Korean Hyundai Oilbank“. www.saudiaramco.com. 2019-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.
  96. „Aramco Trading expands collaborations in key European markets by signing Supply Agreement with "PKN Orlen", Poland's leading oil refiner“. Vela International Marine Limited. 2019-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.
  97. 97,0 97,1 97,2 „Saudi Aramco Sells First LNG as Oil Behemoth Expands Into Gas“ (2019-yil 24-aprel). 2019-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
  98. 98,0 98,1 „Saudi Aramco, on hunt for joint ventures, sells its first LNG cargo“. BusinessLIVE. 2019-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
  99. Taylor, Matthew; Watts, Jonathan. „Revealed: the 20 firms behind a third of all carbon emissions“ (en-GB). The Guardian (2019-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  100. Ambrose, Jillian; correspondent, Jillian Ambrose Energy. „Banks warned over Saudi Aramco by environmental groups“ (en-GB). The Guardian (2019-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  101. „Saudi Aramco joins initiative to reduce flaring to zero by 2030“. Africazine. 2019-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  102. „Inside Top Oil Exporter Saudi Arabia's Plan to Go Green“. Time (2022-yil 1-sentyabr).
  103. „Saudi gas pipeline fire kills 28“ (en). Reuters (2007-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  104. „Saudi Gazette - Al-Hawiya fire fatwa permits burial of non-Muslims“ (2012-yil 2-mart). 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
  105. 105,0 105,1 Sheppard, David. „Missiles, bullying claims, a tragic death: what’s going on at Saudi Aramco?“. Financial Times (2020-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  106. „Saudi Aramco slammed over migrant worker dressed as sanitiser“. www.aljazeera.com.
  107. 107,0 107,1 „Saudi oil company apologizes for dressing migrant worker as human sanitizer dispenser amid coronavirus outbreak“. ABC News. Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
  108. Sheppard, David. „Missiles, bullying claims, a tragic death: what’s going on at Saudi Aramco?“. Financial Times (2020-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  109. Kerr, Simeon; Raval, Anjli; Sheppard, David; Massoudi, Arash. „Saudi Arabia ‘bullies’ wealthy families to pump cash into oil IPO“. Financial Times (2019-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  110. „Wealthy Saudis Are Being Bullied Into Buying Aramco“. OilPrice.com.
  111. Beaumont, Peter. „EU nations lead condemnation of Saudi human rights record“ (en-GB). The Guardian (2019-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  112. „Boundlessly Idealistic, Universal Declaration Of Human Rights Is Still Resisted“. NPR.org. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  113. „United Nations Treaty Collection“. treaties.un.org. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  114. Brown, Will; Zelalem, Zecharias. „Investigation: African migrants 'left to die' in Saudi Arabia’s hellish Covid detention centres“ (en-GB). The Telegraph (2020-yil 30-avgust). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  115. Welle, Deutsche „How Saudi Arabia monitors and intimidates its critics abroad | DW | 07.11.2019“. DW.COM. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  116. „Women's rights activists and political prisoners 'sexually assaulted, tortured and put to death in Saudi Arabia'“. The Independent (2020-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-mart.