Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Saydo

Koordinatalari: 33°33′38″N 35°22′33″E / 33.56056°N 35.37583°E / 33.56056; 35.37583
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saydo
33°33′38″N 35°22′33″E / 33.56056°N 35.37583°E / 33.56056; 35.37583
[[File:|290px|Saydo xaritada]]

Saydo (arabcha: صيدا) — Livanning gʻarbiy qismidagi shahar. Janubiy Livan muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 240 ming kishidan ziyod (1990y.lar urtalari). Urta dengiz sohilidagi port (chetga neft chiqariladi). Saudiya Arabistonidan keladigan neft quvurining soʻnggi punkti. Neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi rayonining savdo markazi. Dengizdan baliq ovlanadi.

Mil.av. S. oʻrnida finikiyaliklarning Sidon shahar-davlati bulgan. Shahar 637 yilda arablar qoʻl ostiga oʻtgan. 1517—1918-yillarda Usmonli turklar saltanati tarkibida boʻlgan. 12—17-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklardan kasr, Jome ulKabir mayejidi va boshqa saqlangan. Arxeologiya muzeyi bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil