Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Sehrgarlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sehrgarlik (jodugarlik) — xalq eʼtiqodiga koʻra, ayrim odamlarning ziyon yetkazish yoki undan xalos etish, kasalliklarni tuzatish borasidagi moʻʼjizaviy qobiliyati. Sehrgarlikning paydo boʻlishi ibtidoiy din shakllari — animizm, fetishizm, ajdodlar ruhiga sigʻinish va boshqa bilan bogʻliq. Sehrgarlikka ishonish deyarli hamma xalqlarga xoSehrgarlik Etnograflar fikricha, ziyon yetkazadigan Sehrgarlikning ijtimoiy asosi qabilalar oʻrtasidagi oʻzaro dushmanlikdan kelib chiqqan. Boshqa qabila kishisiga kasallik, oʻlim tilab afsun oʻqish, yovuz ruhlarga eʼtiqod qilishning manbalaridan biri boʻlgan. S.ga ishonish buddizm, xristianlik, islom dinida va boshqa dinlarda sakdanib qolgan, qisman ular bilan aralashib ketgan. Oʻrta asrlarda Yevropada xristian cherkovida S — iblis xatti-harakatidir degan qarash mavjud boʻlgan. Cherkov va dunyoviy hokimiyat S.da shubha qilingan barcha kishilarni qattiq taʼqib etgan. Islomda S. bilan shugʻullanish ogʻir gunoh hisoblanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil