Semyon Budyonniy
Semyon Mixaylovich Budyonniy | |
---|---|
Tavalludi |
25-aprel 1883-yil Rostov viloyati , Rossiya Imperiyasi |
Vafoti |
26-oktabr 1973 Moskva, SSSR |
Xizmatdagi yillari | 1903 — 1954 |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
Semyon Mixaylovich Budyonniy Sovet otliq askari,Rossiya fuqarolar urushi, Polsha-Sovet urushi va Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy qoʻmondon va siyosatchi boʻlgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Semyon Mixaylovich Budyonniy janubiy Rossiya imperiyasining Don Qozoq viloyatidagi (hozirgi Rostov viloyati) Salsk shahri yaqinidagi Kozyurin fermasida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. U Don Qozoqlar hududida oʻsgan boʻlsa-da, Budyonniyning oilasi Voronej viloyatidan boʻlgan etnik ruslar edi. Semyon Mixaylovich Budyonniy 1903-yilning kuzigacha Rossiya imperiyasi armiyasi safiga chaqirilgunga qadar u turli xil kasblarda faoliyat yuritdi misol uchun: fermer, doʻkondor, temirchi shogirdi, bugʻ mashinasida haydovchi boʻlib ishladi. Budyonniy 1903-yilda Rossiya imperiyasi armiya safiga chaqirilgan. Birinchi jahon urushi]], Avliyo Georgiy xochi ordenining toʻrtta darajasini olgan. Rossiyada fuqarolar urushi boshlanganda Budyonniy bolsheviklar gʻalabasida muhim rol oʻynagan 1-otliqlar armiyasiga asos soldi [1]. Budyonniy urushda koʻrsatgan jasorati bilan mashhur boʻldi va bir qancha mashhur vatanparvarlik qoʻshiqlarining mavzusiga aylandi [2].
Birinchi jahon urushi yillarida Budyonniy Daniyaning Xristian IX 18-Severskiy dragun polkining Sharqiy jabhadagi Kavkaz otliq diviziyasida 5-eskadronning ofitseri boʻlgan. U Bjezina yaqinidagi nemis taʼminot kolonnasiga qilgan hujumi bilan mashhur boʻldi va Avliyo Georgiy xochi ordeni, 4-darajasiga ega boʻldi. 1925-yilda Semyon Mixaylovich Budyonniy temiryoʻlchining qizi, qoʻshiqchi Olga Stefanovna Mixaylova bilan turmush qurdi. Ular turmush qurgandan soʻng, Olga Moskva konservatoriyasiga oʻqishga kirdi, 1930-yilda oʻqishini tugatdi, keyin Bolshoy teatriga ishga kirdi[3][4]. 1937-yilning Avgustoyida Semyon Mixaylovich Budyonniy Olga Stefanovna Mixaylova bilan ajrashdi va Olganing 33 yoshli jiyani Maria Vasilevna bilan turmush qurdi va umrining soʻngiga qadar Maria Vasilevna bilan yashadi, ularning 2 oʻgʻil farzandi Sergey, Mixayl va Nina ismli qizi boʻgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Simon Sebag Montefiore, Stalin: The Court of the Red Tsar (2003), p. 331,
- ↑ Budyonny, Semyon. The Path of Valour. Moscow: Progress Publishers, 1972.
- ↑ Ciliga, Ante. The Russian Enigma. London: Ink Links, 1979 — 65–66-bet. ISBN 0-906-13322-X.
- ↑ „A Legendary Marshal and His… Women“ (2016-yil 24-dekabr).
- ↑ Vasilieva. Kremlin Wives — 92–94-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |