Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Sergey Kovshov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Kovshov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Gennadyevich Kovshov
Tavallud sanasi 7-avgust 1960-yil (1960-08-07) (64 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1978 Sovet Ittifoqi Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979—1980 Sovet Ittifoqi Xiva 13+ (4)
1980—1981 Sovet Ittifoqi Paxtakor 16 (0)
1981 Sovet Ittifoqi Dinamo (Samarqand) 6 (0)
1982—1984 Sovet Ittifoqi Zvezda (Jizzax) 99 (1)
1987—1989 Sovet Ittifoqi Paxtakor 94 (2)
1988   Sovet Ittifoqi Traktor (Toshkent) 11 (1)
1990—1991 Sovet Ittifoqi Traktor (Toshkent) 80 (9)
1992 Oʻzbekiston Navbahor 20 (0)
1993 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 28 (3)
1994—1995 Oʻzbekiston Buxoro 46 (2)
1996—1998 Oʻzbekiston Xorazm 78 (6)
1999 Oʻzbekiston Zarafshon 16 (4)
Boshqargan klublari
Oʻzbekiston Paxtakor (oʻrinbosarlar jamoasi)
2007 Oʻzbekiston Shoʻrtan
2008 Oʻzbekiston Lokomotiv Toshkent
2009 Oʻzbekiston Paxtakor (oʻrinbosarlar jamoasi)
2009 Oʻzbekiston Navbahor
2010 Oʻzbekiston Paxtakor (oʻrinbosarlar jamoasi)
2010 Oʻzbekiston Navbahor
2011—2012 Oʻzbekiston Paxtakor-2
2015 Oʻzbekiston Andijon
2016 Oʻzbekiston Qoʻqon 1912
2018—2019 Oʻzbekiston Neftchi
2019 Oʻzbekiston Shoʻrtan
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sergey Gennadyevich Kovshov (1960-yil 7-avgust) – sovet va oʻzbek futbolchisi, himoyachisi va murabbiyi.

Faoliyatining boshida Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi va ikkinchi liganing „Xiva“ klubida oʻynagan.

1980-yilning yozida „Paxtakor“ning asosiy jamoasiga jalb qilingan. SSSR Premyer-ligasida debyutini 1980-yil 17-avgustda „Kuban“ga qarshi oʻyinda 78-daqiqada Vladimir Kuxlevskiy oʻrniga maydonga tushdi[1]. Umuman olganda, Toshkent klubi safida bu davrda oliy ligada 16 ta oʻyin oʻtkazgan – 4 ta oʻyin 1980-yilning kuzida, 12 tasi 1981-yilgi mavsumning birinchi yarmida.

1981-yilning yozida ikkinchi liganing „Dinamo“ (Samarqand) klubiga oʻtib, „Zvezda“ (Jizzax) tarkibida uch yil birinchi ligada oʻynadi. „Zvezda“dan ketganidan keyin ikki yil davomida musobaqalarda qatnashmadi. 1987-yilda oʻsha paytda birinchi ligada oʻynagan „Paxtakor“ ga qaytdi va toʻliq boʻlmagan uchta mavsumda 90 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi. SSSR chempionatining soʻnggi ikki mavsumida Toshkentning „Traktor“ jamoasida ikkinchi quyi ligada oʻynagan.

SSSR parchalanganidan soʻng Oʻzbekiston oliy ligasi – „Navbahor“ (Namangan), „Soʻgʻdiyona“ (Jizzax), „Nurafshon“ (Buxoro), „Dinamo“/ Xorazm (Urganch), „Zarafshon“ (Navoiy) klublarida toʻp surgan. „Navbahor“ tarkibida 1992-yili Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan, „Nurafshon“ tarkibida esa 1994-yilgi chempionatda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Oʻzbekiston oliy ligasida jami 188 ta oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, „Paxtakor“ dublida murabbiy sifatida ishlay boshladi. Keyin esa bir qator oliy divizion klublari – "Shoʻrtan" (Gʻuzor), "Lokomotiv" (Toshkent) klublarini boshqargan. 2009-yilning fevral oyida yana „Paxtakor“ dubliga bosh murabbiy boʻldi[2]. 2009-yilning oktyabr oyida „Navbahor“ga bosh murabbiy etib tayinlandi[3]. 2012-yildan boshlab u yana „Paxtakor“ oʻrinbosarlar jamoasida ishlagan, Noʻmon Hasanovga yordamchi murabbiy boʻldi[4]. 2015-yilning sentyabridan mavsum oxirigacha „Andijon“ni boshqargan. 2016-yilning may-iyun oylarida „Qoʻqon-1912“ klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. 2017-yilda birinchi liganing „Surxon“ (Termiz) klubini boshqargan. 2018-yilning yanvar oyida uni „Sementchi“ga (Quvasoy) tayinlash rejalashtirilgan edi[5], ammo 27-yanvar kuni Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi va oʻz qoʻl ostidagi jamoa soʻnggi oʻrinni egallagach, oliy diviziondan chiqib ketdi. 2019-yilning aprel oyida „Shoʻrtan“ga murabbiy etib tayinlandi[6] va yil oxirigacha ishladi[7].

Faxriylar oʻyinlarida qatnashgan[8][9].

Yutuqlari (oʻyinchi sifatida)

[tahrir | manbasini tahrirlash]