Shanxay
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Shanxay | |
---|---|
Xitoyda Shanxayning joylashuvi | |
31°10′0″N 121°28′0″E / 31.16667°N 121.46667°E | |
Hududiy birlik turi | Munitsipal shahar |
Asos sana | 5-7-asr |
Hukumat | |
• mer | Hang Zhen |
Zichligi | 2640.3 kishi/km2 |
|
Shanxay — Xitoydagi shahar. Yanszi daryosi estuariysida, uning oʻng irmogʻi — Xuanpu daryosi boʻyida joylashgan. Mamlakatning aholisi eng koʻp shahri, dunyo boʻyicha ham oldingi oʻrinlarda. Atrofidagi hududlar bilan alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. Aholisi 13,1 mln. Kishi (1998). Sh. — Xitoyning yirik sanoat, transport va savdo markazi. Yirik dengiz va dare porti, mamlakat tashqi yuklarining yarmidan ortigʻi shu port orqali oʻtadi. Transport yoʻli, avtomobil yoʻllarining muhim chorrahasi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining deyarli 15% shahriga toʻgʻri keladi. Sanoat yalpi mahsulotining 50% ni ogʻir sanoat beradi. Mashinasozlik sanoati rivojlangan: elektroenergetika, neft, toʻqimachilik, konchilik, poligrafiya, qogʻoz va oziqovqat sanoatlari uchun jihozlar, elektr jihozlari, radio va elektronika apparaturalari, avtomobillar, dengiz kemalari, stanoklar, kino va fotoapparatlar, soat va boshqa ishlab chiqariladi. Tashqaridan keltiriladigan xom ashyo hisobiga kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar, kislotalar, plastmassa, sintetik smola, rezina, farmatsevtika buyumlari ishlab chiqarish) rivoj topgan. Neft qayta ishlanadi. Jahondagi eng yirik toʻqimachilik sanoati markazlaridan. Oziqovqat, xususan, tamaki sanoati korxonalari ishlab turibdi. Hunarmandchilikda suyak, yogʻoch oʻymakorligi, tosh va metall buyumlar yasash, kashtachilik va toʻqimachilik rivojlangan. Yirik nashriyotlar, untlar, pedagogika institutlari, Xitoy Fanlar akademiyasi filiali, ilmiy tadqiqot muassasalari, ilmiy jamiyatlar, rasadxona, kutubxonalar, muzeylar bor.
Shaharning markaziy qismi va asosiy sanoat rnlari Xuanpu daryosining chap sohilida. Markazdan janubiy tomon shaharning tarixiy negizi hisoblangan qismi — Nandaoda meʼmoriy yedgorliklar, shuningdek, hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan.
SH. oʻrnida qadimda baliqchilar otlogi boʻlgan. 16-asrdan savdo va hunarmandchilik markazi. 1842-yildan Nankin shartnomasiga muvofiq, xorijiy savdo uchun ochiq deb eʼlon qilingan. 1854-yildan Bukj Britaniya, AQSH va Fransiya egallab olib, 1937-yilgacha shahar bojxonasini boshqarganlar. 19-asrning 2-yarmidan mamlakatning yirik sanoat va savdo markaziga aylanib bordi. 1937—45 yillarda Yaponiya qoʻshinlari bosib olgan.
Shahar markazidagi binolar Yevropa meʼmorligi va milliy anʼanaviy uslublar uygʻunligida qurilgan. Meʼmoriy yodgorlikdardan (16—19-asrlarga oid Linxua pagodasi, Chenxuanmyao va Yuyfesi (nefritli Budda haykali bilan) ibodatxonalari va boshqa saqlangan.
shahrida xalqaro miqyosdagi uchrashuvlar oʻtkaziladi.
Shanxay(xitoycha 上海) - Xitoy Xalq Respublikasi hududidagi shahar.
Nomning kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shanghai nomi yoziladigan birinchi ieroglifning maʼnosi «ustida», «tepa», «kirmoq/chiqmoq», ikkinchising maʼnisi— «dengiz»dir. Shanxay she'vasida /zɑ̃.'he/ (zanxe)deb talaffuz qilinadi. Birinchi marotaba bu nom Sun sulolasi paytida (XI asr) tilga olingan. Shanxay so'zining ma'nosi haqida har xil fikrlar bildirilgan,lekin rasmiy Xitoy tarixsunoslari shahar «yuqori dengiz» degan maʼnoni bildiradi deyishgan (海之上洋)).
Gʻarbda Shanxayni xar hil nomlar bilan atashgan. «Sharqiy Parij», «Sharq qirolichasi», «Sharq marvaridi» va xatto «Osiyo fohishasi» deb ham atashgan.
Fotogalereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |