Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Sharob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Qadahlarda qizil va oq sharob.

Sharob yoki vino fermentlangan meva suvidan tayyorlanadigan alkogolli ichimlikdir. Meva suvi achishi natijasida undagi xamirturush fruktozani spirtga aylantiradi. Sharob koʻpincha uzumdan, baʼzida olma, marjonmeva yoki boshqa mevalardan tayyorlanadi.

Vino (lotincha: winum – aylanuvchi, oʻraluvchi) – uzum va mevalar sharbati yoki turpini achitqilar ishtirokida spirtli bijgʻitish yoʻli bilan tayyorlanadigan ichimlik. Qadimda Sharq xalqlari vino sharob, may, musallas deb yuritishgan. Hozirgi davrda vino jahondagi 45 mamlakatda ishlab chiqariladi va deyarli barcha mamlakatlarda isteʼmol etiladi. Jahon mamlakatlari oʻrtasida Fransiya va Italiyada eng koʻp uzum vinosi ishlab chiqariladi (aholi jon boshiga oʻrtacha 83—86 l uzum vinosi isteʼmol qilinadi). Ayrim turdagi markali V.lar uzumning faqat bir navidan tayyorlanadi.

Oʻzbekistonda vino, asosan, uzumdan tayyorlanadi. Yetilgan uzum vinosi tarkibida 75—85% suv, 9—20% spirt, vino va olma kislotalari, kam miqdorda limon, sut, kahrabo kislotalari, glyukoza va fruktozadan iborat qand, mikroelementlar, fermentlar, vitaminlar va b. moddalar boʻladi.

Vinoni oq (faqat sharbatni bijgʻitish yoʻli bilan), qizil (sharbat va turpini birga bijgʻitish yoʻli bilan) va kaxetin (sharbat, turp va gʻujum boshlarini birga bijgʻitish yoʻli bilan) usullarda tayyorlash mumkin. Quvvatlantirilgan vinoning sof vinodan farqi tarkibidagi spirt (1 litrida 200 g gacha) va qandning (220 g gacha) yuqori miqdorda boʻlishidadir.

Vino rangi (oqish, pushti, qizil), mazasi, xushboʻyligi, kuchliligi hamda tayyorlash texnologiyasi bilan ham farqlanadi. Vino ning musallas (tabiiy), kuchli, desert (shirin), gazli va xushboʻy xillari bor. Musallas uzum sharbatini bijgʻitib olinadi; tarkibida 9—12% spirt boʻladi. Bunday vino sof (toʻla bijgʻigan, tarkibida deyarli qand qolmagan) va yarim shirin (tarkibida 3—8% qand boʻlgan) xillarga boʻlinadi. Oq vino konyak ishlab chiqarishda xom ashyo hisoblanadi. Quvvatlantirilgan vino (madera, portveyn, xeres va boshqalar) sof (tarkibida 17— 20% spirt, 3% gacha qand) va yarim shirin (17—20% spirt, 10% gacha kand boʻlgan) xillarga boʻlinadi. D yesert V. tarkibida 12—17% spirt boʻladi; qand miqdoriga koʻra yarim shirin (5—10% qand), shirin (10—20% qand) va likyor (20% dan koʻp qand) xillarga boʻlinadi. Shampan V. musallaslarni ikkinchi marta bijgʻitib va qand qoʻshib tayyorlanadi. Tarkibida 10,0— 13,5% spirt boʻladi; qand tarkibiga qarab, sof (2,5% qand), nim shirin (4,5%), yarim shirin (6,5%) va shirin (8,5%) xillarga boʻlinadi. Gazlangan V. musallaslarni karbonat angidrid gaziga toʻyintirib tayyorlanadi. Tarkibida 10—12% spirt va 5% qand boʻladi. Xush boʻy V. (vermut, muskat)ning kuchli (18% spirt va 10% qand) va desert (16% spirt va 16% kand) xillari boʻladi. Yoqimli taʼm berishi uchun ularga xushboʻy oʻtlar, ildizlar, barg va b.ning damlamasi qoʻshiladi.

Boʻgʻzi tor shisha idish (butilka)larga quyilgan V.ni salqin va quruq (8—16°) binolarda saqpash lozim. Spirti darajasi past va shampan V.lari butilkani yotqizilgan holda saqlanganda sifati buzilmaydi. Oq musallas va shampan V.lari 3—5, kizil V.lar 5— 10, desert V.lar 18—20 yil, likyor va kuchli V.lar 100 yil sifatini yoʻqotmay saqlanishi mumkin. Oʻzbekistonda V.ning 60 dan ortiq navlari: „Bayan shirey“, „Rkatsitelli“, „Bihishti“, „Farhod“, „Vassargʻa“, „Oq musallas“, „Oʻzbekiston“, „Qizil musallas“, „Sijjak“, „Qora goʻzal“, „Kaberne“, „Pino“ va b. ishlab chiqariladi[1].

Sharob qadimiy ichimlikdir. Birinchi maʼlum sharob 8 ming yil muqaddam hozirgi Gurjiston hududida tayyorlangan[2][3].

Ishlab chiqarish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yili sharob tayyorlash boʻyicha Italiya dunyoda birinchi, undan keyin Fransiya, Ispaniya, AQSh va Argentina edi.

Asosiy sharob ishlab chiqaruvchi mintaqalar
Sharob tayyorlovchi mamlakatlar (2009)[4]
Oʻrin Mamlakat Mahsulot
(tonnalarda)
1 Italiya bayrogʻi Italiya 4 769 900
2 Fransiya bayrogʻi Fransiya 4 555 800
3 Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 3 250 600
4 AQSH bayrogʻi AQSh 2 062 000
5 Argentina bayrogʻi Argentina 1 213 500
6 Xitoy bayrogʻi Xitoy 1 200 000
7 Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 1 160 000
8 Chili bayrogʻi Chili 986 900
9 Janubiy Afrika bayrogʻi Janubiy Afrika Respublikasi 978 800
10 Olmoniya bayrogʻi Olmoniya 918 000
11 Rossiya bayrogʻi Rossiya 711 000
12 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya 560 000

Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti maʼlumoti:[5]

Sharob isteʼmoli
Mamlakat Kishi boshiga litr
Fransiya bayrogʻi Fransiya 8,14
Portugaliya bayrogʻi Portugaliya 6,65
Italiya bayrogʻi Italiya 6,38
Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 5,80
Andorra bayrogʻi Andorra 5,69
Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya 5,10
Sloveniya bayrogʻi Sloveniya 5,10
Vengriya bayrogʻi Vengriya 4,94
Moldova bayrogʻi Moldova 4,67
Argentina bayrogʻi Argentina 4,62
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Keys, David. „Now that's what you call a real vintage: professor unearths 8,000-year-old wine“. The Independent (28-dekabr 2003-yil). 2008-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2008-yil.
  3. Berkowitz, Mark (1996). „World's Earliest Wine“. Archaeology. 49-jild, № 5. Archaeological Institute of America. 2011-06-05da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyun 2008-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: bot: original URL status unknown () CS1 maint: date format ()
  4. [1] (Wayback Machine saytida 2012-06-19 sanasida arxivlangan) Food and Agriculture Organization of the United Nations/Production statistics: 2009 wine production in the world
  5. http://www.who.int/substance_abuse/publications/global_alcohol_report/msbgsruprofiles.pdf