Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Sharqiy Afrika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharqiy Afrika

Sharqiy afrika - Afrikaning sharqiy qismidagi ekvatorial va subekvatorial kengliklardagi yerlarni oʻz ichiga olgan tabiiy oʻlka, shimolida Efiopiya afrikada tektonik kolar yoq yassitogʻligi, gʻarbda Kongo botigʻi, janubida Zambezi daryosining quyi oqimi va sharqda Hind okeani bilan chegaralangan. Sharqiy Afrika hududining aksari qismini Sharqiy Afrika yassitogʻligi (bal. 1000 m dan ziyod) egallaydi. Yassitogʻlik tektonik yoriklar bilan parchalangan. Relyefida palaxsali togʻlar, lavali plato va vulkan konuslari (Afrikaning eng baland joyi — Kilimanjaro soʻngan vulkani, 5895 m), tub terrasalar, uzilmali botiqlar va jarliklar navbatlanib joylashgan. Dengizboʻyi qismi kambar pasttekislikdan iborat. Iqlimi ekvatorial mussonli, issiq, mavsumiy nam iqlim. Yillik yogʻin 500 dan 3000 mm gacha. Sharqiy Afrika yassitogʻligi Nil, Kongo, Zambezi va Hind okeaniga quyiladigan kichikroq daryolar havzalari oʻrtasidagi suvayirgʻich vazifasini bajaradi. Koʻl koʻp (Viktoriya, Tanganika, Nyasa va boshqalar). Oʻsimliklari turli tipdagi savannalar va siyrak oʻrmonlardan iborat, togʻlarda oʻsimlikdar balandlik mintaqalari boʻylab tarqalgan. Hayvonot dunyosi (ayniqsa, yirik sut emizuvchilar)ga boy. Hayvonlari Efiopiya zoogeografik oblastining Sharqiy Afrika oblastchasiga mansub. Sharqiy Afrikada Keniya, Uganda, Ruanda, Burundi, Tanzaniya, Zambiya, Malavi, Somali, Efiopiya va Jibuti davlatlari joylashgan.