Shayxontohur tumani
Shayxontohur tumani | |
---|---|
tuman | |
41°19′37″N 69°12′40″E / 41.32694°N 69.21111°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Hukumat | |
• Hokim | Bobir Abubakirov[1][2][3][4] |
Asos solingan | 1929-yil |
Maydon | 29.70 km2 (11.47 kv mi) |
Aholisi (2009) |
360 500[5] |
|
Shayxontohur tumani – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929-yil Oktabr tumani nomi bilan tuzilgan. 1992-yilda Shayxontohur (Shayx Xovandi Tohur) tumani deb oʻzgartirilgan. 1978-yildan hozirgi chegarada. Shimoli-gʻarbda Zangiota tumani, shimolida Olmazor tumani (sobiq Sobir Rahimov)[6], shimoli-sharqda va sharqda Yunusobod, janubda Chilonzor va Yakkasaroy, gʻarbda Uchtepa tumani (sobiq Akmal Ikromov)[6] tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,73 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 0,832 ming ga. Aholisi 360,5 ming kishi[5] (2023). Koʻchalar soni 622 ta. Asosiy magistrallari: Abdulla Qodiriy, Navoiy, Oʻzbekiston, Beruniy shohkoʻchalari, Furqat, Uygʻur, Samarqand darvoza koʻchalari. Xalqlar doʻstligi, Xadra, Chorsu, Oqtepa maydonlari, 48 ta mahalla bor.
Tumanda 3379 ga yaqin korxona va tashkilot mavjud. 9 ta sanoat korxonasi, shundan „Sharq guli“ badiiy, Toshkent tikuvchilik, „Orzu“ ishlab chiqarish birlashmalari, Toshkent matbaa kombinati, koʻnmoʻyna zavodi va boshqa ishlab turibdi. 3069 ga yaqin kichik va oʻrta biznes subyektlari qayd etilgan. Shayxontohur tumanida 18 ta vazirlik, davlat qoʻmitalari va yirik idoralar, meʼmorlik va shaharsozlik bosh boshqarmasi, 11 ta loyihalash instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Seysmologiya, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Mikrobiologiya institutlari, Webster universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 16 ta oʻrta maxsus oʻquv yurti, 42 ta umumiy taʼlim maktabi va boshqa muassasa, tashkilotlar bor. 10 ta oilaviy va stomatologiya shifoxonasi, 18 ta poliklinika va ambulatoriya, 8 ta kasalxona xizmat koʻrsatadi. Mustaqillik yillarida tuman hududida Oʻzbekiston konservatoriyasi, Islom universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litsey qurildi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, „Chorsu“ savdo markazi binolari hamda Eski joʻva bozori qayta taʼmirlandi.
Eng yirik guzarlari: „Gulzor“, „Ipakchi“, „Koʻkcha“, „Islomobod“. Tumanda „Yangi Kamolon“, „Huvaydo“, „Bogʻkoʻcha“, „Choʻponota“, „Ipakchi“ mahallalarida katta sport maydonlari mavjud. 562 oziq-ovqat, 346 sanoat mollari doʻkonlari, 174 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, „Chorsu“ savdo markazi tuman aholisiga xizmat koʻrsatadi.
Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Abror Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri, Satira teatri, Rus yosh tomoshabinlar teatri, sirk, „Sanʼat saroyi“, „Oʻzkoʻrgazmasavdo“ saroyi, 9 ta madaniyat uyi va muassasasi, Kino uyi, 22 ta jamoat kutubxonasi, 4 ta kinoteatr va boshqa, "Paxtakor" stadioni, "JAR" sport majmui, „Sharq“, „Xadra“, „Yoshlar uyi“, „Sun Shine Tyron“ mehmonxonalari ishlab turibdi. Tuman hududida meʼmoriy yodgorliklaridan Koʻkaldosh madrasasi (XVI asr), Yunusxon (XV asr), Shayx Zayniddin bobo (XIII-XIV asrlar) maqbaralari saqlangan.
Loyihalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mashhur binolari
№ | Nomi | Qurilish boshlanishi | Qurilishning tugashi | Binolar | Hudud (m²) | Izohlar |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | Gardens qarorgohi | 2018 | 2020 | 9 | 89 518 | |
2 | Central Plaza | 2018 | 2021 | 6 | 45 886 | O‘zbekistondagi Park Inn by Radisson brendiga tegishli birinchi mehmonxona. |
3 | Hyper Partners Center | 2019 | 2021 | 4 | 76 744 | O‘zbekistondagi eng yirik savdo markazi. |
4 | Nest One | 2019 | 2021 | 2 | 14 779 | O‘zbekistondagi eng baland turar-joy binosi |
5 | Congress Hall, Hilton Hotel | 2018 | 2019 | 2 | 88 138 | „Hilton“ brendi ostidagi O‘zbekistondagi ilk mehmonxona. |
6 | Moliya markazi | 2019 | 2021 | 5 | 44 235 | O‘zbekistondagi eng yirik moliya markazi |
7 | Boulevard Residence | 2018 | 2020 | 9 | 116 761 | |
8 | Tashkent City Park | 2019 | 2019 | — | 186 804 | O‘zbekistondagi eng katta istirohat bog‘i hududi. O‘zbekistondagi eng katta favvora. |
9 | U-Tower | 2019 | 2023 | - | 187,160 | Ofislar, kvartiralar, jamoat joylari, restoranlar va hashamatli savdo galereyasi.. |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shayxontohur tuman hokimligi matbuot xizmati(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ „Markaziy bank raisi o‘rinbosari Shayxontohur tumani hokimi bo‘ldi“.
- ↑ „Абубакиров Бобир Юлдашович“ (ru). cbu.uz (2023-yil 31-avgust). Qaraldi: 2024-yil 25-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 „Aholi soni eng koʻp boʻlgan tumanlar – TOP-10“ (uz). stat.uz (2023-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 26-sentyabr.
- ↑ 6,0 6,1 Vlasti Uzbekistana obʼyasnili, pochemu pereimenovani dva rayona Tashkenta
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |