Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Shox parda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shox parda — koʻz tashqi qobigʻining shaffof tomirsiz qismi. Shox pardaning vazifasi yorugʻlik nurlarini oʻtkazish va qaytarish, shuningdek, koʻzning ichki qismlarini salbiy tashqi taʼsirlardan himoya qilishdan iborat.

Shox parda diametri oʻrtacha 11,0 mm, qalinligi 0,5 mm dan (oʻrtasida) 1,0 mm gacha, nur sindirish kuchi taxminan 43,0 dioptriyaga teng. Normada shox parda shaffof, silliq, yaltiroq, sharsimon va juda sezgir toʻqima. Noqulay tashqi omillarning shox pardaga taʼsiri koʻz qovoqlarining reflektor qisqarishini keltirib chiqaradi va koʻz olmasini himoyasini taʼminlab beradi (korneal refleks)[1].

Shox parda 5 qavatdan iborat: oldingi epiteliya, boumen membranasi, stroma, destemet membrana va orqa epiteliy. Oldingi qavat koʻp qavatli tekis keratinlashtirmaydigan epiteliy himoya funksiyasiga ega va shikastlanganda kun davomida toʻliq tiklanadi.

• Boumen membranasi — oldingi epiteliyning bazal membranasi. Mexanik taʼsirlarga chidamli.

•Stroma (parenximasi) shox parda qalinligining 90% ni tashkil qiladi. U juda yupqa plastinkalardan iborat boʻlib, ular orasida yassilangan hujayralar va koʻp sonli sezgir nerv hujayralari joylashgan.

•Destemetova membranasi — bu orqa epiteliyning bazal membranasi. Bu infeksiyaning tarqalishida himoya- barer boʻlib xizmat qiladi.

•Orqa epiteliya bir qavat geksagonal shaklli hujayralardan iborat. U oldingi kamera suyuqligini shox parda stromasiga tushishining oldini oladi, lekin regeneratsiyalanmaydi. Shox pardaning oziqlanishi tomirlarning perikorneal tarmogʻi, koʻzning old kamerasining namligi va koʻz yoshi tufayli roʻy beradi. Shox pardaning shaffofligi uning bir xil strukturaligi, qon tomirlarining yoʻqligi va suvning tarkibiga bogʻliq.

Limb-shox pardaning skleraga oʻtish joyi. Bu kengligi taxminan 0.75-1.0 mm boʻlgan shaffof xalqadir. Qalinlashgan qismiida Shlemm kanali joylashgan. Limb shox parda va skleradagi turli patologik jarayonlarni tavsiflashda, shuningdek jarrohlik aralashuvlarni amalga oshirishda yaxshi mintaqa boʻlib xizmat qiladi.[2]

  1. Yuldasheva. Ko'z anatomiyasi, 6, Toshkent: Cho'lpon — 8-9-bet. ISBN 978-9943-05-869-9. 
  2. Muxamadiyev. Shox parda, Toshkent, 2020 — 40-bet. ISBN 418-49908-2020.