Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Sighișoara

Koordinatalari: 46°13′1″N 24°47′28″E / 46.21694°N 24.79111°E / 46.21694; 24.79111
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sighișoara

Sighișoara
Munitsipal shahar
Skyline of Sighișoara
Sighișoara
Gerb
46°13′1″N 24°47′28″E / 46.21694°N 24.79111°E / 46.21694; 24.79111
Mamlakat Ruminiya
Okrug Mureș
Hukumat
 • mayor Iulian Sîrbu[1]
Sighișoara xaritada
Sighișoara
Sighișoara

Sighișoara (veng.: Segesvár, nemischa: Schäßburg Transilvaniya saksonchasi: Schäsbrich; idishcha: שעסבורג; lotincha: Castrum Sex) – Ruminiyaning Mureş okrugidagi Târnava Mare daryosi boʻyida joylashgan shahardir. Transilvaniya tarixiy hududida joylashgan Sighișoara 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 28,102 aholiga ega. YuNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Angofa, Aurel Vlaicu, Hetiur, Rora, Șoromiklea, Venchi va Viilor qishloqlarini boshqaradi. Sighișoara 1918-yilgacha Vengriya qirolligi tarkibida boʻlgan.

Demografiyasi va nomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
191010 913—    
193013 033+19.4%
194818 284+40.3%
195620 363+11.4%
196625 109+23.3%
197733 208+32.3%
199236 170+8.9%
200232 287−10.7%
201128 102−13.0%

2011-yilda etnik guruhlar[2]:

  • Ruminlar (75 %)
  • Vengerlar (17,6 %)
  • Roman loʻlilar (5,3 %)
  • Nemislar (1,5 %)

Shahar nomining 3 tildagi koʻrinishi:

Rumin tilida Nemis tilida Venger tilida
Sighișoara Schäßburg Segesvar
Angofa Ungefug Angofa
Aurel Vlaicu Haufan
Hetiur Marienburg bei Schäßburg Hétur
Rora Rohrau Rora
Șoromiclea
Venchi Wench Venk
Viilor Kulturberg Szőlőskert

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sighișoara yaxshi saqlangan devor bilan oʻralgan eski shahar bilan mashhur sayyohlik maskani boʻlib, ham YuNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Qalʼaning asosiy diqqatga sazovor qismi, albatta, minoralardir.

Qadimgi harbiy arxitektura yozuvlariga koʻra, mudofaa minoralari oʻzaro mudofaa uchun istehkom tizimi boʻlishi kerak edi va shu bilan birga, har bir minora mustaqil qal’a boʻlishi kerak edi. Ushbu minoralarning aksariyati ichi boʻsh boʻlib, liftlar va yer osti galereyalari bilan jihozlangan.

  • Sighișoara soat minorasi (Turnul cu Ceas) – shaharning diqqatga sazovor joyi 13-asrda qurilgan 64 m balandlikdagi minoradir. Bugungi kunda tarix muzey.
  • Qalaylar minorasi (Turnul Cositorarilor)
  • Qassoblar minorasi (Turnul Măcelarilor)
  • Etikchilar minorasi
  • Tikuvchilar minorasi (Turnul Croitorilor)
  • Moʻynachilar minorasi (Turnul Cojocarilor)
  • Temirchilar minorasi (Turnul Fierarilor)
  • Arqonchilar minorasi (Turnul Frânghierilor)
  • Koʻnchilar minorasi (Turnul Tăbăcarilor)
  • Face minorasi – qoʻrgʻondan tashqarida, Târgu Muresga boradigan yoʻldagi minora, ammo oʻzining hikoyasi tufayli hali ham tashrif buyurishga arzirli.
  • Biserica din Deal – shubhasiz, shaharning eng qimmatli meʼmoriy yodgorliklaridan biri boʻlib, Ruminiya gotika koʻrinishidagi binolaridan biri boʻlgan.
  • Biserica Mânăstirii Dominicane – Gotika uslubidagi meʼmoriy yodgorlik boʻlib, oat minorasi yaqinida joylashgan. XIII asr boshlarida qurilgan. Qoʻngʻiroqsiz yagona cherkov: sababi sakslar cherkov uchun unchalik koʻp pul sarflamagan va bitta qoʻngʻiroq, yaʼni tepalikdagi cherkovning qoʻngʻirogʻi butun shahar uchun yetarli deb oʻylashgan.
  • Avliyo Joseph rim-katolik cherkovi
  • Biserica Leproșilor
  • Sighișoara pravoslav sobori (Catedrala Ortodoxă)
  • Qadimgi pravoslav cherkovi

Fuqarolik arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahardagi kamida 300 yildan beri mavjud boʻlgan 164 ta uyning aksariyati tarixiy obidalar hisoblanadi: toʻrtburchak rejali shahar maydoni, vaqt oʻtishi bilan koʻplab oʻzgarishlarni boshdan kechirgan boʻlsa-da, bu yerda bir vaqtlar shaharning zodagon oilalari yashagan. Eng yaxshi uylar asl shaklini saqlab qolgan uylardir.

Strada 1-dekabr, 1918-yil, XX asr
  • Casa de pe stâncă
  • Evert – yoshlar uchun millatlararo taʼlim markazi.
  • Casa Venețiană
  • Vlad Draculaning uyi
  • Sighișoara shahar hokimiyati
  • Sighișoara mehmonxona majmuasi – 1886—1889-yillar oraligʻida qurilgan shahar hokimiyati qarorgohi boʻlgan.
  • Togʻdagi maktab
  • Casa cu Cerb
  • Piața Cetăți
  • Casa Asociatiei Mestesugaresti (La Perla)
  • Joseph B. Teusch binosi (Markaziy bogʻ mehmonxonasi)

Taniqli shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Transilvaniya Buyuk Gertsogligidagi Sighișoara xaritalari, 1769—1773-yillar. Josephinische Landesaufnahme
  • Johann Michael Ackner, Transilvaniya sakson arxeologi
  • Doina Cojocaru, gandbolchi
  • Friedrich Grünanger, arxitektor
  • Ralph Gunesch, -Missing required parameter 1=''month''!, 2006-yil(2006-Missing required parameter 1=month!-00) holatiga koʻra nemis futbolchisi
  • Adrian Ivanitchi, xalq gitaristi
  • Johannes Kelpius, nemis ziyolisi, musiqachisi va tasavvufchisi, XVII asr oxirida Amerikaning Pensilvaniya koloniyasiga koʻchib kelganida diniy jamoaga asos solgan.
  • Gabriel Mureşan, futbolchi
  • Marie Stritt, nemis feministi va sufragist
  • Georg Daniel Teutsch, lyuteran yepiskopi
  • Vlad III Ipaler, Valaxiya shahzodasi, xayoliy vampir graf Dracula uchun ilhom boʻlgan.
  • Radu Voina, sobiq gandbolchi, hozirda murabbiy

Xalqaro munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qardosh shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sighișoara bilan birodarlashgan shaharlar

  • Venger ekzonimlari roʻyxati (Mureş okrugi)
  1. „Results of the 2020 local elections“. Central Electoral Bureau. Qaraldi: 11-iyun 2021-yil.
  2. „2011 census data“. 26-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2022-yil.
  3. „Miasta partnerskie – Zamość“ (polyakcha). Urząd Miasta Zamość. 28-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2022-yil.