Skagerrak boʻgʻozi
Qiyofa
Skagerrak — Boltiqdengizini Shimoliy dengiz bilan birlashtiruvchi boʻgʻoz, Yutlandiya yarim orolning shim.gʻarbiy qirgʻogʻi bilan Skandinaviya yarim orol oraligʻida. Uzunligi 225 km, eni 60—150 km, eng chuqur joyi 809 m (Norvegiya novi). Janubiy qismida sayozliklar bor. Baliqovlanadi. S. boʻyida Oslo sh. joylashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |