Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Slovaklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Slovaklar (oʻzlarini slovatslar deb atashadi) — xalq, Slovakiya Respublikasining asosiy aholisi. 5,6 mln. kishi, jumladan, Slovakiyada taxminan 4,5 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari). Slovak tilida soʻzlashadi. Dindorlari — katoliklar, protestantlar va uniatlar ham bor.

Arxeologik tadqiqotlar S.ning ajdodlari — gʻarbiy slavyan qabilalari hozirgi Slovakiya hududida 4—5-asrda paydo boʻlganligini koʻrsatadi. S 11-asr dan 20-asrga qadar Vengriya tarkibida yashagan, lekin oʻz milliy madaniyatini saqlab qolgan. 19-asrda millat boʻlib shakllangan. 1918-yilda Chexoslovakiya tarkibiga kirgan. S 1992-yil 17 iyuldan mustaqil davlat barpo etganlar. S. dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, kulolchilik bilan shugʻullanadi; bir qismi sanoatda band.