Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Smoothie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Smoothie ichimligi

Smoothie – har xil mevalarni blenderda aralashtirib tayyorlanadigan ichimlik. Smoothie odatda suyuq asosga ega boʻlib, meva sharbati, yogurt, sut yoki muzqaymoqdan iborat. Boshqa moddalardan sabzavotlar, mevalar, zardob kukunlari, ozuqaviy qoʻshimchalar, quritilgan sut kabilar qoʻshiladi[1].

AQShning gʻarbiy sohillarda dastlab elektr blenderda smetanalar tayyorlash boshlanadi[2]. Smoothie atamasi 1980-yillarda retseptlarda va savdo belgilarida qoʻllangan[3]. 1960-yillarda Steve Kuhnau smetana turlarini yaratish boʻyicha tajribalar oʻtkazgan. U meva sharbatlari, sabzavotlar, oqsil kukunlari va vitaminlar aralashmasidan aralashmalar tayyorlab, tatib koʻrgan[4]. Kuhnau oʻzi yaratgan smetana boʻyicha muvaffaqiyatga erishgan va Smoothie King kompaniyasiga asos solgan. Keyinchalik unga shokolad va shirin qoʻshimchalar qoʻshilib yana oʻzgartirilgan. 2000-yillarda smoothie tayyorlash ommalashib, isteʼmolchilar uni uy sharoitida tayyorlab boshlagan[5].

Oziqaviy qiymati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ananas boʻlaklari bilan toʻldirilgan koʻk mevali smoothie

Oziqaviy qiymati uning tarkibiy qismlari va ularning bir-biriga nisbatiga qarab baholanadi. Unda meva va sabzavotlar asosiy tarkibni tashkil qiladi. U parhez uchun qulay ichimlik hisoblanadi. Tarkibidagi shakar koloriya qiymatini oshirib, vazn ortishiga sabab bo'ladi. Lekin boshqa xil oziq-ovqat, ichimliklar bilan deyarli bir xil kaloriya berganiga qaramay, toʻyimliligi jihatdan kamroq ahamiyatga ega[6]..

Yashil smoothie 40-50% yashil sabzavotlardan tayyorlanadigan ichimlik boʻlib, unga koʻproq ismaloq, karam, koʻkatlar, selderey kabi bargli oʻsimliklar tanlab olinadi. Ularning oʻzidan bevosita ichimlik tayyorlanganda u achchiqroq tamga ega boʻladi. Shuning uchun mevalar va boshqa qoʻshimchalar bilan aralashtirilib ichimlik tayyorlanadi. Bu orqali tamini anchagina yaxshilashga erishiladi.

Proteinli smoothie suv, sut, oqsil, meva hamda sabzavotlarni oʻz ichiga oladi. U asosan oqsil yetishmovchiligida bemorlarga buyurilib, kunning hohlagan vaqtida isteʼmol qilish mumkin. Protein kukuni suv yoki sut bilan aralashtirilganda taʼmi yana o'zgaradi[7].

  1. „Smoothie“. Oxford Dictionary, Oxford University Press. 2018. Archived from the original on October 25, 2018.
  2. Brown, Ellen (2005). The Complete Idiotʼs Guide to Smoothies. p. 3. ISBN 1-59257-318-5.
  3. „Smoothie“. Online Etymology Dictionary, Douglas Harper. 2018. Retrieved 25 October 2018.
  4. Moffitt, Sally (2014-06-01). "Sources: Food and Drink in American History: A „Full Course“ Encyclopedia". Reference & User Services Quarterly. 53 (4): 377. doi:10.5860/rusq.53n4.377a. ISSN 1094-9054.
  5. Walkling-Ribeiro, Markus; Noci, Francesco; Cronin, Denis A.; Lyng, James G.; Morgan, Desmond J. (2010-09-01). „Shelf life and sensory attributes of a fruit smoothie-type beverage processed with moderate heat and pulsed electric fields“. LWT – Food Science and Technology. 43 (7): 1067–1073. doi:10.1016/j.lwt.2010.02.010. ISSN 0023-6438.
  6. Rogers, Peter J.; Shahrokni, Roya (2018-03-30). „A Comparison of the Satiety Effects of a Fruit Smoothie, Its Fresh Fruit Equivalent and Other Drinks“. Nutrients. 10 (4): 431. doi:10.3390/nu10040431. ISSN 2072-6643. PMC 5946216. PMID 29601488.
  7. „How to build a better smoothie, according to a nutritionist“. NBC News. Retrieved 2022-03-01.