Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

SpaceX CRS-8

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
SpaceX CRS-8
COSPAR ID Andoza:Cospar Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
SATCAT no. Andoza:Wd
 
Tashqi videofayllar
YouTube logotipi Asosoiy vebkast YouTubeda
YouTube logotipi Texnik vebkast YouTubeda

SpaceX CRS-8 (shuningdek, SpX-8 nomi bilan ham tanilgan) SpaceX kompaniyasining Dragon avtomatik yuk fazo kemasining oʻninchi parvozidir. NASA bilan Commercial Resupply Services (CRS) shartnomasi doirasida SpaceX tomonidan amalga oshirilgan Xalqaro Kosmik Stantsiyasini taʼminlash dasturidagi sakkizinchi parvoz.

Ushbu missiyadan boshlab, barcha Dragon yuk fazo kemalari parvoz paytida raketa tashuvchi avariyaga uchraganda, undan uzilib, burun konusi va negermetik konteynerni tashlab, parashyutlarni ochish va okeanga qoʻnisb germetik yukni bortda saqlab qolish imkonini beruvchi dasturiy taʼminot bilan jihozlanadi. Ushbu funksiyadan foydalanish imkoniyati Falcon 9 raketa tashuvchisining butun 10 daqiqalik parvozi davomida saqlanib qoladi, ikkinchi bosqichning oxirgi 20 soniyasi bundan mustasno[1].

6-aprel kuni parvozga tayyorgarlik koʻrish jarayoni doirasida barcha raketa tizimlarining uchishga tayyorligini tasdiqlash uchun Falcon 9 birinchi bosqich dvigatellarining anʼanaviy qisqa yondirish sinovi (static fire) oʻtkazildi[2][3].

Falcon 9 raketasining muvaffaqiyatli uchirilishi 2016-yil 8-aprel kuni UTC soat 20:43 da Kanaveral burnidagi SLC-40 uchirish kompleksida boʻlib oʻtdi. Dragon kosmik kemasi uchirilgandan keyin 10,5 daqiqadan soʻng 209 × 353 km, 51,6 ° egilish bilan koʻzlangan orbitaga chiqarildi. 3 daqiqadan soʻng quyosh panellarining qanotlari ochildi[4][5].

Yaqinlashish va tutashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dragon Xalqaro Kosmik Stansiyaga 10-aprel kuni yetib keldi va UTC soat 11:23 da Canadarm2 stansiyasi manipulyatori tomonidan qoʻlga olindi. Soat 13:57 da kema Harmony moduliga muvaffaqiyatli oʻrnatildi[6].

Birinchi marta NASA tomonidan stantsiyani taʼminlash uchun foydalaniladigan ikkala yuk kemalari (Dragon va Cygnus) bir vaqtning oʻzida Xalqaro Kosmik Stansiyaga oʻrnatiladi.

  1. „SpaceX adds abort function for Dragon cargo flights“ (en). spaceflightnow.com (2016-yil 7-aprel). 2016-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-aprel.
  2. SpaceX. „Static fire complete, teams reviewing data in advance of Dragon mission to Space Station“ (en). twitter.com (2016-yil 6-aprel). 2016-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.
  3. „Falcon 9 completes Static Fire Test for Dragon’s Return to Flight“ (en). spaceflight101.com (2016-yil 6-aprel). 2016-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.
  4. „SpaceX achieves first Booster Landing at Sea in successful Dragon Launch to ISS“ (en). spaceflight101.com (2016-yil 8-aprel). 2016-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-aprel.
  5. „Dragon is on its way to the International Space Station. Capture by the Space Station crew set for early Sunday morning“ (en). twitter.com (2016-yil 8-aprel). 2016-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-aprel.
  6. „Dragon Spacecraft makes triumphant Return to ISS after flawless Rendezvous“ (en). spaceflight101.com (2016-yil 10-aprel). 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-aprel.