Stereoskop
Stereoskop (stereo... va yun. skopeo — qarayman) — joyning yoki ayrim predmetlarning suratini hajmiy tarzda koʻrish uchun moʻljallangan geodezik asbob. Oddiy S. 4 oynadan iborat; uning chap va oʻng boʻlaklari birbiriga parallel bir juft oynakdan tashkil topgan. S. yordamida hajmiy tasvir hosil qilinadi. Stereotasvirlar B] va B2 katta oynalar tagida joylashtiriladi (rasmga q.). Ikki koʻz bilan bir paytda 5 va S2 nuqtalardan qarab, vintlar yordamida tasvirlar birbirining ustiga tushirilsa, stereoeffekt hosil boʻladi, yaʼni hajmiy tasvir olinadi. Hajmiy tasvirda koʻpgina muxandislikgeodeziya masalalari, jumladan, harita chizish, loyihalash ishlarini bajarish va boshqa masalalar yechiladi. Stereotasvirda oʻlchash ishlari harakatlanuvchi markali asboblar yordamida bajariladi. Stereotasvirda nuqtaning koordinatalarini aniklash uchun maxsus uskunalar mavjud. S.larning kompyuterlashgan variantlari gʻam bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |