Tajin
Tajin yoki tagin (Kabilsk taǧin) — Magʻrib mamlakatlarida mashhur boʻlgan goʻsht va sabzavotli taom. Shuningdek, mazkur taom tayyorlanadigan maxsus idishdir.
Idish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tajin avvaldan baland konussimon qopqoq bilan mahkam yopiladigan katta sopol idish boʻlgan.
Taom bir necha soat davomida dimlanadi. Bu jarayonda koʻtarilgan bugʻ qopqoqning yuqoridagi nisbatan sovuq qismida kondensatsiyalanadi va pastga qaytib tushadi.
Pastki qismda kondensatsiyalangan suyuqlik idishidan bug 'va taom isining tashqariga tarqalishiga toʻsqinlik qiladi.
Bunday idishlarning kelib chiqishini yuqori haroratli iqlim taqazo qilgan.
Taom
[tahrir | manbasini tahrirlash]Marokash va Jazoir
[tahrir | manbasini tahrirlash]Marokash va Jazoirda tajin hayvon yoki parrandalarning yirik suyakli goʻshtlari va sabzavotlar (pomidor, kartoshka, baqlajon, piyoz)dan tayyorlanadi. Turli xil ziravorlar, asal, mevalar, rezavorlar solinadi. Goʻsht qovurilmaydi (yoki uzoq dimlangangach, bir oz qovurib olinadi). Sabzavot, goʻsht va ziravorlar tajinga solinadi, suv qoʻshilmaydi. Nihoyatda past olovda bir necha soat davomida oʻzidan ajraladigan shoʻrvasida pishiriladi[1].
Tunis
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tunis tajini omletga oʻxshab ketadi. Goʻsht yoki parranda goʻshti mayda toʻgʻralib, unga quyuq massa beruvchi (loviya, noʻxat, kartoshka) mahsulot qoʻshiladi va past olovda dimlanadi. Soʻng ziravorlar, pishloq va tuxum solinadi. Massani chuqur sopol idishga oʻtkazib, pechda yoki duxovkada usti biroz qotgunigacha pishiriladi.
Magʻrib yahudiylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tajin- Magrib yahudiylari (Sefardlar) oshxonasining muhim qismidir[2]. Marokash, Jazoir, Tunis va Liviyalik yahudiylarning Sefard oshxonasida keng tarqalgan. Shuningdek, u Fransiya, AQSh va albatta Isroilning Sefard jamoalarida sevib isteʼmol qilinadi. Koʻpincha Shabbat va yahudiylarning boshqa bayramlarida dasturxonga kuskus bilan birga tortiladi[3].
Tajin haqida Vikipediyaning qardosh loyihalarida koʻproq bilib oling | |
Maʼno va tarjimalari Vikilugʻatda | |
Media fayllar Vikiomborda | |
Taʼlim resurslari Vikiversitetda | |
Xabarlar Vikiyangiliklarda | |
Iqtibos, maqol va matallar Vikiiqtibosda | |
Asarlar matnlari Vikimanbada | |
Kitob va darsliklar Vikikitobda |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"Тажин подают гостям как блюдо номер один"“ (ru). «Коммерсантъ» (2009-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 17-may.
- ↑ Anne Cohen, Sigal Samuel30-sentabr 2014-yil. „9 Sephardi Dishes That Won’t Make Buzzfeed Gag“ (en). The Forward. Qaraldi: 2021-yil 27-may.
- ↑ „You Don’t Need a Clay Pot to Make a Delicious Tagine“ (en). Slate Magazine (2014-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-may.
Marokan taomlari Tunis taomlari Idish
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |