Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Taroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oddiy plastik taroq

Taroq — soch va soqolni tarash uchun foydalaniladigan vosita. U odatda, hayvon tishlari, suyaklar, yogʻoch, temir va plastik materiallardan yasaladi. Bu asbobdan odatda soch turmaklovchilar va sartaroshlar koʻproq foydalanishadi.

Taroq uzoq tarixga ega boʻlib, eng qadimgi taroqlar 5000 yil oldingi Eron hududlariga tegishli[1]. Orkney va Somersetdagi arxeologik qazishmalardan Temir davriga oid kit suyagidan yasalgan taroqlar topilgan[2].

  1. Vaux, William Sandys Wright. Nineveh and Persepolis: An Historical Sketch of Ancient Assyria and Persia, with an Account of the Recent Researches in Those Countries (en). A. Hall, Virtue, & Company, 1850. 
  2. Helen Chittock, “Arts and crafts in Iron Age Britain: reconsidering the aesthetic effects of weaving combs,” Oxford Journal of Archaeology, 33 (3) August 2014, pp.315-6.