Telepatiya
Telepatiya (tele... va yun. pathos — sezish, his qilish) — fikr va histuygʻularni sezgi organlari ishtirokisiz masofaga uzatish hodisasi. Baʼzi manbalarda axborot uzatuvchi bilan uni qabul qiluvchi oʻrtasidagi oʻzaro fikriy muloqotga T. deyiladi. T. vaqt va fazo jihatdan insondan uzoqlashgan, bevosita idrok qilish imkoni boʻlmagan hodisalarni sezish (his qilish) qobiliyati toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Insondagi T. qobiliyatining ilmiy yechimi hali topilmagan. U hakda turli qarashlar, talqinlar mavjud. Fikrni sezgi organlari yordamisiz, maʼlum fizikaviy muhitsiz ham masofaga uzatish mumkin degan yondashuv bor. Baʼzi psixologlar odamlarda bunday xususiyat boʻlishini tasdiklasalar, boshqalari unga shubha bilan qaraydilar, hatto inkor kiladilar. Ondasonda uchrab turadigan T. hodisasi umumpsixologik qonuniyatga ega emas. Shu bois, hozirgi zamon ilmiy psixologiyasida telepatik qobiliyatning insonlarda mavjudligi borasida eksperimental maʼlumotlar toʻplanmagan. Kelajakda T. boʻyicha chuqur ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilmasa, u parapsixologiya voqeligi sifatida qolib ketaveradi.
Ergash Gʻoziyev.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |