Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Tiroksin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tiroksin, (3,5,3’,5) tetrayodtirozin — odam va hayvonlarning asosiy tireoid gormoni. Qalqonsimon bez follikulalarida ishlanadi. Tirozin hosilasi. Tiroksin suvda va quruqlikda yashovchilar hamda baʼzi suyakli baliqlar (mas., kambala)da metamorfozni, issiq qonli hayvonlar va odamda moddalar almashinuvini, issiklik ishlab chiqarilishi, toʻqimalarning oʻsishi va yangilanishini kuchaytiradi. Tiroksin sintezi va sekretsiyasini gipofizning tireotrop gormoni (TTG) boshqaradi. Qonda Tiroksin miqdori koʻpaysa, TTG ajralishi tormozlanadi va Tiroksin kam ajraladi. Tiroksin konsentratsiyasi kamayganda TTG ajralishi kuchayadi va Tiroksin muvozanati tiklanadi. Tiroksinning ajralishiga tashqi muhit omillari (tra va stress), ovqat (yod) va boshqa ichki sekretsiya bezlari taʼsir etadi. Tiroksin muvozanati buzilishi turli kasalliklar (gipertireoz, gipotireoz, buqoq, kretinizm, miksedema)t olib keladi.

Tiroksin gormoni aslida tiroid gormonining harakatsiz shakli hisoblanadi. Hujayralar va tana to'qimalariga kerak bo'lganda tiroksin gormoni uning faol shakli T3 gormoniga aylanadi. Ushbu T3 gormoni to'g'ridan-to'g'ri tananing hujayralari va to'qimalariga ta'sir qiladi.