Toʻr
Toʻr — 1) tabiiy yoki sunʼiy tolalardan katakkatak koʻzli yoki bejamdor qilib toʻqiladigan gazmol; tyul. Maxsus toʻquv mashinalarida 2 tizim ipdan toʻqiladigan silliq T. va gulli T. turi mavjud. T. ayollar koʻylagi, ichki kiyimlar, choyshab va boshqalarga uqa uchun, deraza pardalari shaklida ishlab chiqariladi; ayollar (ayniqsa, kelinchaklar) yuziga tutadigan (koʻpincha T.dan tayyorlanadi) kiyim boʻlagi ham T. deb ataladi hamda turli mintaqalarda oʻziga xos tarzda kashtalar tikib turlicha bezatiladi. Keng maʼnoda — har qanday material (tola, sim va boshqalar) dan katakkatak koʻzli yoki bejamdor qilib tayyorlangan narsa, buyum. Mas., sim toʻr, chachvon va boshqa; 2) baliq tutiladigan yoki qush ovlanadigan mayda katak koʻzli buyum; matrap. Pishiq tolalardan toʻqiladi; 3) geodeziyada — joylarda yirik masshtabli (1:2000, 1:5000 va boshqalar) sʼyomkalarni bajarish va muhandislikgeol. ishlarini zarur maʼlumotlar bn taʼminlash uchun tuziladigan chizma. Davlat geodezik tarmogʻi punktlari asosida triangulyatsiya va trilateratsiya usullarida tuziladi. Geografik informatsion sistema (GIS)da qududlarning T.lari tuziladi. T.lar kompyuterda dasturlash uchun qulaylik tugʻdiradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |