Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Todorokit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Todorokit (Todoriki — Yaponiyaning Xokkaydo o.dagi kon nomidan) — mineral. 1963-yil Markaziy Qizilqumda topilgan. Kimyoviy tarkibi (Ca, Na, Mg2Q, K), (Mn4Q, Mn2Q,Mg)6 xO|23H,O; asosiy qismni tashkil qiluvchi Mp dan tashqari 16 kimyoviy element (Mg, Ca, Na, K, Zn, Fe, Al, Si, Ba, Hg, Cd, Co, Ni, Sr, Mo, Si) aralashmasi bor. Romb yoki monoklin singoniyada kristallanadi. Koʻrinishi sferolitbuyraksimon. Kattiqligi 1,5 — 2, zichligi 3,7—3,8 g/sm3. Rangi kora, yarim metalldek yaltiraydi, elektromagnitli. T. gipergen mineral boʻlib, oltin konlarining oksidlanish zonasidagi eng kechki shakllanish bosqichida vujudga kelgan. Oʻzbekistonda Muruntov, Tomditov va Boʻkantovda uchraydi.