Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Toni Morrison

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toni Morrison
Tavalludi 18-fevral 1932-yil
Ogayo, AQSh
Vafoti 5-avgust 2019-yil(2019-08-05)
(87 yoshda)
Nyu-York, AQSh
Fuqaroligi AQSh[1][2]

Toni Morrison (18-fevral 1932-yil, Ogayo, AQSh — 5-avgust 2019-yil, Nyu-York, AQSh) — amerikalik yozuvchi. Dastlabki 2 romani — „Koʻk koʻzlar“ (1970) va „Sula“ (1974), shuningdek, maishiy mavzudagi „Sulaymon qoʻshigʻi“ (1977) romani mashhur. Unda bir qoratanli avlodining 100 yildan ortiqroq davrdagi hayoti misolida umuman amerikalik qoratanlilarning milliy oʻz-oʻzini anglash jarayoni yoritilgan. „Sula“ (1974) romani hayotning jabru sitamlari va ishqdagi yolgʻizlikni yengishga urinish, mutelik va qatiylik haqida. „Qoramoy surtilgan qoʻriqchi“ romani (1981) da qoratanlilar muammosiga doir hozirgi nuqtai nazarlar aks ettirilgan. „Maʼshuqa“ (1987) asarida oʻtmish bilan zamonaviy sahnalar uygʻunlashtirilgan boʻlsa, „Jaz“ (1992) asarida 1920-yillardagi ijtimoiy hayot, bu davrning oʻziga xos „shamoli“ va yolgʻizlikdagi ruhiy holatlar moqirona tasvirlangan. Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1993)[3].

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil