Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Trepel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Trepel (nem. Trerel — Shimoliy Afrikadagi Tripoli — Tripoli sh.nomidan) — gʻovakli, sementlashgan, juda yengil choʻkindi togʻ jinsi. Fizikkimyoviy xususiyatlari boʻyicha diatomitta oʻxshasada, juda kam miqdorda organik qoldiklarga ega. Odatda, tarkibida mayda kvars boʻlakchalari, dala shpati, slyuda, glaukonit mavjud. Rangi oqdan qoʻngir, qizil, qoragacha. Qattikligi 1—3, zichligi 2—3 g/sm3, gʻovakliligi 60—64%. T. boʻr, toshkoʻmir va uchlamchi davr yotqiziklarida uchraydi. Undan izolyatsion, abraziv materiallar sifatida hamda sement olishda foydalaniladi.