Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Tristandakunya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tristandakunya — Atlantika okeanining janubiy qismidagi 4 vulkan orolidan iborat orollar guruhi. Buyuk Britaniya mulki. Eng katta oroli —Tristan (maydoni 117 km²) vulkan konusidan iborat boʻlib, bazalt va traxit yotqiziqlaridan tuzilgan. Bal. 2060 m gacha. 1961—1962-yillarda kuchli otilgan. Aholi baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Asosiy aholi punkti —Edinburg.

Orolga yevropaliklardan birinchi boʻlib 1506-yilda portugaliyalik dengizchi sayyoh Tristan da Kunya borgan. Orollar uning nomi bilan atalgan.