Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Tuareg tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
xarita

Tuareg tillari — somhom tillari oilasining berberliviya guruhiga mansub tillar. Jazoir Sahroi Kabiri, Mali, BurkinaFaso, Niger, Nigeriya, shuningdek, Liviya va Chadda yashovchi va umumiy soni 1,2 mln. (1990-yillarning oxiri) boʻlgan tuareglar (berberlar guruhiga mansub xalq) tili. Tuareg tillari, oʻz navbatida, 2 guruhga: shim. va jan. guruhlarga boʻlinib, ularning har biri yana oʻnlab til va lahjalarni oʻz ichiga oladi (gxat, axnet, tamaxak, air, sharqiy va gʻarbiy taullemat, tadxak, tanesleit va boshqalar). Tuareg tillari oʻziga xos fonetik, leksikgrammatik xususiyatlari bilan boshqa somhom tillaridan farqlanadi. Unli fonemalar tizimi yaxshi rivojlangan (maye. axaggar lahjasida 9 ta unli mavjud). Otlarda aniqlik kategoriyasi, feʼllarda yasovchi qoʻshimchalarning mavjudligi, yuklamalarning faol qoʻllanishi, ergashtiruvchi bogʻlovchilarning koʻpligi Tuareg tillarining grammatik oʻziga xosliklaridir. Leksikasida arab, xausa va songay tillaridan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Tuareg tillaridagi baʼzi matnlar arab yozuvining alohida kurinishida yozilgan. Xujalik va ibodat yozishmalarida liviya yozuvi variantlaridan biri — tifinag qoʻllanadi.