Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Tuproq xaritasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuproq xaritasi - muayyan hudud tuprok katlamining maʼlum masshtabda kichraytirilgan tasviri. Tuproq xaritasi bir necha xil boʻladi. Umumiy Tuproq xaritasida tuprok genetik guruxdarining geografik tarqalishi tasvirlanadi; tuprok melioratsiyasi xaritalarida koʻshimcha ravishda tuprokning meliorativ, yaʼni filtrlash va boshqa xususiyatlari ham koʻrsatiladi; tuprok eroziyasi xaritalarida tuproqning eroziyaga uchraganlik darajasi, eroziya xavfi bor maydonlar va hokazo tasvirlanadi; tuproq agrokimyosi xaritalari oʻsimlik ozuka moddalari hamda mikroelementlar miqdorini va oʻsimlikning rivojlanishi uchun boshqa zarur sharoitlarni aks ettiradi. Tuproq xaritasi tuprokdarning Yer yuzasida tarkalishini (tiplari va kelib chiqish belgilariga qarab ajratilgan boshqa taksonomik birliklarni), ularning oʻziga xosligi va, tuprok qosil boʻlish sharoitiga bogʻliq holdagi xususiyatlarini koʻrsatadi; shuningdek, asosiy agrar ishlab chiqarish. xususiyatlari (granulometrik tarkibi, shoʻrlanganligi, shoʻrtobligi, eroziyaga uchraganlik darajasi va boshqalar) haqida maʼlumot beradi. Vazifasiga muvofikT.x. harxi.i masshtabli boʻlishi mumkin.