Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Vahmaqush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vahmaqush, inuya (Remiz pendulinus) — chittaklar oilasiga mansub qush. Mazkur urugʻning yagona turi, 10 tacha kenja turi bor. Oʻzbekistondagi eng mayda qushlardan, uz. 11 sm, vazni 10 g cha. Rangi oqishdan toʻq jigarrang va qoramtirgacha boʻladi. Boshining ikki yonida qora yoʻli bor. Pati mayin. Tumshugʻi uzun va oʻtkir uchli. V. Yevropa va Osiyoning jan.da tarqalgan. Oʻzbekistonning hamma joyida (koʻproq qamishzorlarda) oʻtroq yashaydi. Oʻsimlik tolalari va momiqlaridan tol va qamishlarning suvga osiliv turgan shoxchalariga kichkina osma uya soladi. 6—8 dona tuxum qoʻyadi. Tuxumini faqat modasi bosadi. Tuxumdan 13—14 kunda joʻja chiqadi. Joʻjalari 16—18 kunda uchirma boʻladi. V. zararkunanda hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziq-lanib, qishloq xoʻjaligiga foyda keltiradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Vahmaqush rasmi
Remiz pendulinus