Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Verharn Emil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VERHARN (Verhaeren) Emil (1855.21.5, Sent Aman — 1916.27.11, Ruan) — belgiyalik shoir, dramaturg , tanqidchi. Fransuz tilida ijod qilgan. Luven universiteti yuridik fakultetini tugatgan. "Rohiblar" (1886) toʻplamida oʻrta asrlardagi rohiblarning yorqin yigʻma obrazi berilgan. "Oqshomlar" (1887), "Halokat" (1888), "Qora mashʼallar" (1890) asarlari dekadentlik sheʼriyati ruhiga yaqin, bularda turmushni fojiaviy tasavvur etish kuchli. "Telba qishloqlar" (1893), "Gʻala-gʻovur shaharlar" (1895) toʻplamlarida ijtimoiy ziddiyatlarning (shu jumladan, shahar va qishloq oʻrtasidagi ziddiyatlarning ham) halokatli ekanligini anglash ifodalangan. "Turmush qirralari" (1899), "Bebosh kuchlar" (1902), "Rang-barang yogʻdu" (1906) va b. toʻplamlaridagi sheʼrlarida V. insonning yaratuvchilik faoliyatini, ijodni, sevgi va qatʼiyatni tarannum etadi. V.ning ishchilar hayotidan yozilgan "Shafaqlar" pesasi (1898), atoqli rassomlar (X. Rembrandt, 1904; P. Rubens, 1910) va yozuvchilar (U. Shekspir, J. Rasin, V. Gyugo) haqida ilmiy tadqiqotlari bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil