Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Vermishel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vermishel (ital. vermicelli — chuvalchanglar) — bugʻdoy unidan qorilgan xamirdan tayyorlanadigan uzun ipsimon oziq-ovqat mahsuloti. V. uchun xom kleykovina miqdori 75% dan kam boʻlmagan oliy navli un ishlatiladi. Ayrim V. xamiriga tuxum qoʻshiladi. Qorilgan xamir vintli, gidravlik, shnekli yoki joʻvali presslarda 5—7 Mn/m2 (50—70 kgk/sm2) bosimda dumaloq teshikchalari boʻlgan panjara orqali oʻtkazilib, choʻziladi. Choʻzilgan xamir muayyan uzunlikda kesiladi va 80° gacha qizdirilgan quritish apparatlarida havo bilan quritiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil