Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Viswanathan Anand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vishvanatan Anand
விசுவநாதன் ஆனந்த்

Anand, 2009
Tugʻilgan sanasi: 11-dekabr 1969-yil (1969-12-11) (54 yosh)
Tugʻilgan joyi: Mayiladuthurai, Tamil Nadu, Hindiston
Yashash joyi: Hindiston
Unvoni: Grossmeyster (1988)
Maksimal reytingi: 2871 (2011-yil)
Hozirgi reytingi : 2791
Mukofotlari:

Jahon chempioni (2000—2002; 2007-bugun)

Anand Vishvanatan (tam. விசுவநாதன் ஆனந்த்; 11-dekabr 1969-yilda tugʻilgan) hind shaxmatchisi, xalqaro grossmeysteri va joriy jahon chempionidir. Anand Jahon Shaxmat Chempionatida besh marta yutgan (2000, 2007, 2008, 2010, 2012),[1] 2007-yildan beri chempionlikni ushlab kelmoqda.

Anand Hindistonning birinchi grossmeysteridir[2]. 2007-yili unga Hindistonning ikkinchi eng yuqori mukofoti Padma Vibhushan berildi va u bunday mukofot olgan ilk sportchi boʻldi.

Anand koʻp qirrali shaxmatchi — u turnir, match, tez shaxmat va nokautli musobaqalarda jahon chempionidir[3].

2012-yilgi jahon chempionatida u isroillik Boris Gelfandni yengib, chempionlikni saqlab qoldi[4].

  1. „Viswanathan Anand shows the heart of a champion in winning fifth world title“ (2012-yil 30-may).
  2. More questions than answers, research.ibm.com
  3. „Lubomir Kavalek: Chess Champion's Class Act“. Huffingtonpost.com (2010-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 11-noyabr.
  4. Anand retains his title, 2012-06-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-05-31