Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Vokzal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent Vokzal

Vokzal (ing. Vauxhall — Londondagi sayrgoh bogʻning nomi) — yoʻlovchilar va transportga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan bino yoki binolar majmui. 17-asrda ingliz Jeyn xonim Voks (Jane Vaux) London yaqiniga bogʻ va koshona zal qurdirdi. Temir yoʻl kurilgandan keyin stansiyadagi bino ham "voksal" (Vokszal i) deb yuritildi. Dastlabki V. (Angliyada Stokton—Darlington liniyasidagi V.) 19-asr boshlarida qurildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida deyarli barcha katta shaharlarda V. lar paydo boʻldi.

V. ning temir yoʻl vokzal i, aerovokzal, avtovokzal xillari bor. V.da stansiya binosi, yoʻlovchi platformalari (perron) va oʻtish yoʻllari boʻladi. V. binosida bilet kassalari, maʼlumotlar byurosi, kutish zali, pochta va telegraf, tibbiyot punkti, bolali onalar xonasi, restoran va bufetlar, yuk xonalari, qoʻl yukini saqlash kameralari; katta V. larda esa avtomatik yuk saqlash kameralari, bilet bosish va sotish mashinalari, elektr komposterlar va maʼlumot berish avtomatlari ham boʻladi. Toshkentda ikki temir yoʻl vokzal i — "Markaziy" (birinchi binosi 1901 yilda, hozirgi 1957 yilda qurilgan) va "Janubiy" (1985Y.) vokzal bor. "Markaziy" temir yoʻl vokzalida yuqoridagi qulayliklardan tashqari, perronga olib chiqadigan yer osti yoʻlagi ham bor. Avtovokzal shaharlar orasida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobus yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan inshootlar majmuidan iborat. Toshkentdagi "Toshkent" va "Samarqand" avtovokzallarida yuqorida aytib oʻtilgan qulayliklarning kupi bor (qarang Avtovokzal). Aerovokzal havo transporti yulovchilariga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan binolar majmui; aeroportning asosiy inshooti. Aerovokzalda biletlar sotiladi va qayd qilinadi; bagajlar qabul qilinadi va beriladi; samolyotlarning kelishi va ketishi haqida maʼlumot berib turiladi; yulovchilarga pochta va tibbiyot xizmati koʻrsatiladi va hokazo. Xalqaro havo yoʻllaridagi aerovokzalda chet elga ketayotgan va chet eldan kelayotganlarning hujjatlari va bagajlari tekshiriladigan boʻlim ham boʻladi. Aerovokzaldagi barcha binolar vazifasiga qarab 3 guruhga boʻlinadi: yoʻlovchilar uchun moʻljallangan zallar (bilet sotish va kayd qilish zallari; kutish zali; kafe va restoranlarning savdo zallari); qoʻshimcha binolar (yukxonalar, bolali ayollar uchun ajratilgan xonalar, aloqa boʻlimi va b.); Yoʻlovchilarga qulaylik tugʻdirish va asosiy aerovokzalning ishini yengillatish uchun katta shaharlarda qoʻshimcha aerovokzallar tashkil qilinadi. Masalan, Toshkentdagi aerovokzali prik V.lar jumlasiga kiradi. Unaa mahalliy trassalarda qatnaydigan samolyotlar uchun moʻljallangan qoʻshimcha aerovokzal bor. Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlari markazlarida temir yoʻl vokzal i, aerovokzal va avtovokzal bor. Bir yoʻla t. i. avtobus, suv va havo transporti yoʻlovchilariga xizmat qiladigan birlashgan (kompleks) V. lar ham boʻladi. Birlashgan V. yoʻlovchilarga juda qulaylik tugʻdiradi. Masalan, bir shahardan poyezdda bir V. ga kelib tushgan yoʻlovchi oʻsha joyning oʻzida boshqa shaharga yoki atrofiga qatnaydigan avtobusga bilet olishi mumkin va aksincha. Oʻzbekyastonda birlashgan V. lar yoʻq.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil