Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Xost

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xustdan yoʻnaltirildi)

Xost, Xust, Xasht — oʻrta asrlarda Toxaristonga mansub shaharlardan biri. Andarob sh. (Shim. Afgʻoniston) yaqinida, Banda daryosi boʻyida, alKurza vodiysida joylashgan. X. alohida okrug ("amal") markazi boʻlib, unga 4 togʻ daryosi boʻylab oʻtgan 4 yoʻl tutashgan. Xitoy sayyohi Syuan Szan asarida X. Toxaristondagi Kyusito mulki sifatida qayd etilgan. 7-asrda bu yerda 3 ta Budda ibodatxonasi va bir necha rohiblar boʻlgan. Bu yerda arablar istilosi davrida qalʼa boʻlib, unda Nizak Tabarxon (Nizak Tarxon) Qutayba ibn Muslim taʼqibidan qochib yashiringan. Qutayba bu mustahkam qalʼani kuch bilan egallay olmay, uni faqat hiyla bilan zabt etgan.

X. 9—10-asr manbalarida qayd etilgan. 9-asrda X.da jome masjidi boʻlgan. 10-asrda X. hosildor yerli, qalin bogʻlarga ega ozoda va goʻzal shahar hisoblangan. Unda arablarning "ashraf" qabilasi yashagan, bu qabila 12-asrda Samʼoniy asarida ham qayd etilgan. Moʻgʻullar istilosidan loʻng , shuningdek, Amir Temur va temuriylar davrida Balxga, 16—17-asrlarda esa Balx xonligiga tobe boʻlgan. Oʻrta asr X. shahri hozir ham oʻz nomini saqlab qolgan. U 20-asr boshida Farang bilan birga Kattagon hokimiga tobe bir oʻlkani tashkil qilgan.

  • Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachale XIII vv., T., 1996.