Yavatahama
Yavatahama 八幡浜市 | |
---|---|
Shahar | |
33°27′46.3″N 132°25′24.1″E / 33.462861°N 132.423361°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Hudud | Sikoku |
Prefektura | Ehime |
Hukumat | |
• Mer | Ichiro Osiro (2009-yil apreldan beri) |
Maydon | 132.68 km2 (51.23 kv mi) |
Aholisi (2022-yil 31-avgust) |
31,385 kishi |
|
Yavatahama (yaponcha: 八幡浜市 Yavatahama-si ) Yaponiyaning Ehime prefekturasida joylashgan shahar. 2022-yil 31-avgust holatiga koʻra, shaharda 15638 xonadonda 31385 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 240 nafarni tashkil qilgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 132,68 kvadrat kilometr (51,23 mi²).
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yavatahama Sikoku orolida, Ehime prefekturasining gʻarbiy qismida, Sadamisaki yarim oroli etagida joylashgan. Shimolda Seto ichki dengiziga, Bungo kanali orqali esa gʻarbda Kyusyuga tutashgan. Riya qirgʻoq chizigʻida tik yon bagʻirlar, landshaft shakllangan. Uzoq vaqt davomida shaharning tabiiy porti Ehime prefekturasi va Sikoku uchun muhim port sifatida xizmat qilgan. Tekisliklar juda kam va tepaliklar sitrus yetishtirishda foydalaniladi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ehime prefekturasi
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yavatahamada nam subtropik iqlim shakllangan, yozi issiq va qishi salqin, qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Yavatahamada oʻrtacha yillik harorat 15,5 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1644 mm, sentyabr esa eng nam oy hisoblanadi. Eng yuqori harorat yanvarda 26,2 °C ni, eng past harorat ham yanvarda, 5,1 °C ni tashkil etadi[2].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Yavatahama aholisi 1950-yillardan beri doimiy ravishda kamayib kelmoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 72 412 | — |
1960 | 67 173 | −7.2% |
1970 | 58 545 | −12.8% |
1980 | 55 757 | −4.8% |
1990 | 50 217 | −9.9% |
2000 | 44 206 | −12.0% |
2010 | 38 287 | −13.4% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yavatahama hududi avvalgi Iyo viloyatining bir qismi boʻlgan va nomi Nara davrining dastlabki hujjatlarida uchraydi. Afsonaga koʻra, „Yawatahama“ (八幡浜) nomi qadimdan Usa Xachiman ziyoratgohida oʻtkazilib kelingan festival nomi bilan bogʻliq[4].
Edo davrida bu hudud Uvadzima domenining Date klani tomonidan boshqarilgan. Meydzi islohotidan soʻng, 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimi yaratilishi bilan Yavatahama shahri tashkil etilgan[4]. Biroq, bundan oldin ham, Yavatahama paroxodlar orqali Osaka va Oita bilan bogʻlangan va tez sur’atlar bilan oʻsib borayotgan sanoatlashuv tufayli bu hudud „Sikoku Manchesteri“ deb nomlangan. Ehimedagi birinchi bank ham 1878-yilda Yavatahamada ochilgan[4]. Bundan tashqari, 1889-yilda Yavatahamada Sikokudagi ilk elektr chirogʻi yoqilgan.
Shaharlarning birlashishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1935-yil 11-fevral – Yavatahama Sendzo, Hitada va Kamiyama bilan birlashgtan va shahar maqomiga koʻtarilgan.
- 1955-yil 1-fevral – Futaiva punkti, shuningdek, Hizuchi, Maana va Kavakami qoʻshilgan[5].
- 1955-yil 31-mart – Nisiuva tumanidagi Isotsu, Miyauchi, Kavanoisi va Kisuki shaharlari Honay nomi bilan birlashtirilgan[5].
- 2005-yil 28-mart – Yavatahamaga Honay shahri (Nishiuva tumanida) qoʻshilgan[6].
Hukumati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yavatahama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 16 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash shakliga ega. Yavatahama Ikata bilan birgalikda Ehime prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Ehime 4-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sanoatning asosiy tarmoqlariga sitrus yetishtirish, baliqchilik, baliqchilik bilan bogʻliq oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va kemasozlik kiradi. Mandarin apelsin yetishtirish Meydzi davrining oʻrtalarida boshlangan va 100 yillik tarixga ega. Baliqchilik sanoati trol baliq ovlash bilan bir qatorda akvakultura bilan ham rivojlanmoqda. Yavatahamadagi baliq bozori Sikokudagi eng katta bozor hisoblanadi. Shahar, shuningdek, baliq pastasi, pyuresi va oq baliqdan tayyorlangan baliq qarsildoqlari baliq mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu kamaboko sifatida tanilgan. Yavatahamada, Uvadzima bilan bir qatorda, turli xildagi kamaboko sotadigan koʻplab doʻkonlarga ega[7]. Mahalliy delikateslardan biri tempura uslubida qovurilgan dzakoten (じゃこ天) yoki kamabokolardir . Yavatahamada mikanlarni ishlab chiqarish Nisiuva qishloq xoʻjaligi kooperativi tomonidan boshqariladi. Kooperativ mevalarni butun mamlakat boʻylab „Hinomaru“ (日の丸) va „Kawakami“ (川上) kabi brendlar ostida tarqatiladi. Biroq qishloq xoʻjaligidaig ishlab chiqarish qarish demografiyasi va qishloq aholisining kamayishi tufayli pasayib bormoqda.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yavatahamada 14 ta davlat boshlangʻich va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktablari mavjud. Shaharda Ehime prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat oliy maktabi mavjud.
Oliy maktablar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yavatahama oliy maktabi
- Yavatahama texnik oliy maktabi
- Kavanoisi oliy maktabi
Oʻsmirlar oliy maktablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]*Atago oʻsmirlar oliy maktabi *Yasiro oʻsmirlar oliy maktabi
*Matsukaya oʻsmirlar oliy maktabi
*Osima oʻsmirlar oliy maktabi
*Honay oʻsmirlar oliy maktabi
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sikoku temir yoʻl kompaniyasi – Yosan liniyasi
- Sendzyo – Yavatahama – Futaiva
Magistral yoʻllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Matsuyama avtomagistrali
Portlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yavatahama porti – Kyusyudagi Usuki, Oita va Beppu, Oita shaharlariga muntazam parom qatnovini taʼminlaydi.
Taniqli shaxslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Moriyuki Kato, Ehime prefekturasi gubernatori
- Chuhachi Ninomiya, yapon aviatsiya kashshofi
- Maedayama Eygoro, sportning 39-yokodzunasi boʻlgan sumo kurashchisi
- Dzoko Ninomiya, Ensin karate asoschisi va direktori
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Yawatahama city official statistics“ (ja).
- ↑ Yawatahama climate data
- ↑ Yawatahama population statistics
- ↑ 4,0 4,1 4,2 (yaponcha) Yawatahama City History before 1950 (Wayback Machine saytida 2008-09-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ 5,0 5,1 (yaponcha) 1950s Yawatahama City History (Wayback Machine saytida 2009-03-04 sanasida arxivlangan)
- ↑ (yaponcha)2000s Yawatahama City History (Wayback Machine saytida 2008-10-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Archived copy“. 2011-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yawatahama shahrining rasmiy veb-sayti (yaponcha)
- Yawatahama dengiz yoʻli (Wayback Machine saytida 2009-05-04 sanasida arxivlangan) (yaponcha)
- Yawatahama tog 'velosipedi (Wayback Machine saytida 2014-08-14 sanasida arxivlangan) (yaponcha and English)