Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Yer surilishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Togʻ qulashi — katta hajmdagi togʻ jinslari massasining uzilishi, yon bagʻir boʻylab qulab tushishi. Tik (45— 50°) togʻ yon bagʻirlari, dengiz qirgʻoqlarida, daryo vodiylarida sodir boʻladi. Togʻ jinslarining nurashi, yer osti va yuzasidagi suvning harakati, gravitatsiya taʼsirida vujudga keladi. Togʻ qulashi koʻp hollarda zilzilalar, qurilishlar, konchilik ishlarida texnika nazoratiga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqadi. Togʻ qulashi paytida turli oʻlchamdagi tosh boʻlaklari toʻsatdan pastga qulab, toshlar uyumini hosil qiladi. Togʻ qulashi natijasida daryo vodiylari toʻsilib qolib, koʻllar vujudga keladi. 1911-yilda Murgʻob daryosida yirik Usoy Togʻ qulashi sodir boʻlgan. Natijada bal. 700–800 m keladigan tabiiy toʻgʻon va Sarez koʻli vujudga kelgan. Togʻ qulashini oʻrganish va oldindan aytib berish togʻli oʻlkalarda turli qurilishlar olib borishda amaliy ahamiyatga ega.