Zootexniya
Zootexniya (zoo... va yun. techne — sanʼat, mahorat) — qishloq xoʻjaligi hayvonlarini urchitish, oziqlantirish, saqlash va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish haqidagi fan. Hayvonlarni par-varishlash va ulardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar juda qadimda paydo boʻlgan. Odam hayvonlarni qoʻlga oʻrgatib, xonakilashtirgan va ulardan xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalana boshlagan davrdan boshlab 3. haqidagi sodda tasavvurlar shakllana boshladi. Bundan 2700 yil muqaddam yaratilgan "Avesto"ning Gotlar va Vendidat qismlarida yozilishicha, "insonning asosiy vazifasi chorva mollarini koʻpaytirish va saqlashdan iboratdir". "3." atamasini fanga 1848-yil fransuz olimi J. Bodeman kiritgan. 3. 18-asrning 2-yarmidan fan sifatida shakllangan. Hoz. zamon 3. fani bir qator biologiya, kimyo, fizika, matematika va b. fanlar yutuklari va tadqiqot usullariga tayangan holda hayvonlarni urchitish, oziqlantirish, boqish usullarini takomillashtirish asosida chorva-chilik mahsulotlari yetishtirishning eng tejamli texnologiyalarini ishlab chiqadi. 3. agronomiya, veterinariya, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan uzviy bogʻliq.
3. 2 qismga: umumiy va xususiy Z.ga boʻlinadi: Umumiy 3. chorva mollarining qamma turi va zotlarini urchitish, oziqlantirish, sakdash, nasl-chilik ishi, mahsuldor podalar hamda zotlar yaratish, ulardan samarali foydalanish asoslarini ishlab chiqadi. Uning asosiy boʻlimlari: qishloq xoʻjaligi hayvonlarini urchitish, oziqlantirish va saqlash. Xususiy 3. chorvachilikning ayrim tarmoqlari (qoramolchilik, qoʻychilik, choʻchqachilik, yilqichilik, parrandachilik, quyonchilik, asalari-chilik, pillachilik va b.)ni yuritish texnologiyasi bilan shugʻullanadi.
3. rivojiga 19-asr da fransuz olimlaridan K. Burjel, J.L. Byuffon, 20-asrning 1-yarmida nemis olimi K. Kornaxer, shveysariyalik olim U. Dyurst, ingliz olimi J. Hammond, amerikalik olim S. Rayt, J. Lash, rus olimlaridan N. N. Chirvinskiy, P. N. Kuleshov, Ye. A. Bogdanov, M. F. Ivanov, M. I. Pridorogin va b. katta hissa qoʻshdilar.
Oʻzbekistonda 3. muammolari 1910-yildan boshlab oʻrganila boshladi. 1932-yilda chorvachilik tajriba st-yasi, 1939-yilda Oʻzbekiston chorvachilik i.t. instituti tashkil etildi. Bu davrda V. I. Gromova, K. K. Sakovskiy, V. V. Zyuzkin, 3. I. Savitskaya, 3. S. Sokolova, T. F. Ta-vildarova, Ye. M. Yershova, P. M. Pushka-rev, V. A. Shchekin, P. F. Kiyatkin va b.ning ilmiy izlanishlarida umumiy va xususiy 3. masalalari oʻrganildi. 1950-y.larda respublikaning birinchi chorvador olimlari yetishib chiqdi (A. Raximov, I. Mavlonov, Y. Kurbonov va b.). 1960—90-yillarda Sh. Akmalxonov, U. Nosirov, professorlar E. Karchevs-kiy, I. Xidirov, 3. Toʻrakulov, T. Ik-romov, M. Ashirovlar (krramolchilikning sut va goʻsht yoʻnalishlarida 3. muammolari), M. Zokirov, R. Valiyev, S. Yusupov (qoʻychilik), S. Azimov (parrandachilik), P. Sobirov (urchitish), K. Karibayev (oziklantirish), U. Nasi-rillayev (ipakchilik) va b.ning naza-riy va amaliy masalalarga bagʻishlangan ilmiy tadqiqotlarida 3. muammolari oʻz aksini topdi. 3. boʻyicha ilmiy maktablar shakllanadi.
Oʻzbekistonda 3. boʻyicha i.t. ishlari Oʻzbekiston chorvachilik, qorakoʻlchalik, ipakchilik i.t. institutlarida olib boriladi. Toshkent davlat agrar universiteti va Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida 3. sohasi boʻyicha malakali mutaxassislar tayyor-lanadi. 3. yutuklari va ilgʻor tajribalar "Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi" jur.da yoritiladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Akmalxanov Sh., Biologicheskiye i zootexnicheskiye osnovi vedeniya molochnogo skota v Oʻzbekistone, T., 1993; Nosirov U. Qoramolchilik, T., 2001; Karchevskiy E., Teoriya i praktika razvedeniya cherno-pestrogo skota v Oʻzbekistone, T., 1994; Toʻrakulov va b., Yilqichilik, T., 1990; Zokirov M. va b., Qorakoʻlchilik, T., 1983; Hamroqulov R., Karibayev K., Qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oziqlantirish, T., 1999.
Ubaydulla Nosirov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |