Alkimyogar
Qiyofa
Alkimyogar (portugalcha: O Alquimista) — Paulo Koeloning 1988-yilda nashr etilgan, dunyo boʻylab bestsellerga aylangan romani.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Xudoning qahri qattiq, ammo Uning marhamati ham chek-chegarasiz.
- Hammamiz oʻzimiz ega boʻlgan narsani — u ekinimiznimi yoki hayotimiznimi — yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqamiz. Ammo bizning taqdirimizni ham, olam tarixini ham azal daftariga bitta Qoʻl bitganini tushunsak, bu qoʻrquv yoʻqoladi.
- “Hammaning dunyoni oʻrganadigan oʻz uslubi bor, — oʻyladi yigitcha. — Uniki menga, meniki unga toʻgʻri kelmaydi. Faqat shuning uchungina uni hurmat qilmasligim insofdan emas”.
- Shamol qum barxanlari shakl-u shamoyilini ming koʻyga soladi, ammo sahro sahroligicha qolaveradi. Bizning muhabbatimiz ham sahro kabi oʻzgarmaydi.
- Muhabbatning oʻz talabi bor — maʼshuqang qayerda boʻlsa, sen ham oʻsha yerda boʻlishing lozim.
- Inson sevgani uchun sevadi — vassalom. Muhabbat izohlarni tan olmaydi.
- Anglashning faqat bitta yoʻli bor: harakat qilish.
- ...biz oʻz holimizdan yaxshiroq, mukammalroq boʻlishga harakat qilar ekanmiz, atrofimizdagi jamiki narsalar ham mukammallashadi, goʻzallashadi.
- Roʻyi zamindagi har bir odam, u nima bilan shugʻullanishidan qatʼiy nazar, dunyo tarixida eng asosiy vazifani bajaradi. Odatda, buni oʻzi ham bilmaydi.